So’nggi yangiliklar

02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  1 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  2 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  29 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  1 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  7

Braziliyalik Ronaldoning kelib chiqish tarixi. 1-qism Yangiliklar

Braziliyalik Ronaldoning kelib chiqish tarixi. 1-qism

Teglar :  Ronaldo Braziliya
Bugun Ronaldo haqidagi qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Yosh Ronaldo shunchalar ajoyib edi

Ronaldoning iqtidori shu qadar hayratlanarli ediki, 1992 yil “San-Kristovan” jamoasi bosh murabbiyi Roberto Galiaone  shu so'zlarni aytgan edi: ”Biz "Kruzeyro"ga bir bolani berdik. U Braziliya termasining buyuk hujumchisi bo'ladi. U albatta, 1998 yilgi Jahon CHempionatida o'ynaydi. Uning ismi Ronaldo”.

SHunday ham bo'ldi, hatto undan ham ajoyib. Ronaldo faoliyatini shu darajada muvaffaqiyatli boshladiki, 1994 yilgi mundialda ishtirok etdi, 1998 yil esa dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 1994 yil AQSHdagi Jahon CHempionatidan so'ng, u hamyurti Romario tavsiyasi bilan PSVga o'tdi. “U o'zga sayyoralikka o'xshardi. U bilan yo'llarimiz Gollandiyada kesishdi. U soatiga 3000 kilometr tezlikda harakatlanardi. Faoliyatining so'ngida ham, jarohatidan keyin ham maydondagi har qanday o'yinchidan 10 barobar tezroq yuguradigandek ko'rinar edi.”, — deb g'ururlandi Klariens Zeydorf.

Ronaldo PSV tarkibida UEFA Kubogi doirasida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi bahsda eng yaxshi o'yinini o'tkazgandi. Uchrashuvdan so'ng “Bayer” bosh murabbiyi Rudi Fyoller shok holatida shunday degan: “Men hech qachon 18 yoshli bolakayning bunday tez harakatlanganini ko'rmaganman”. O'shanda yakuniy hisob "Bayer" foydasiga 5:4 bo'lgan edi.

Uchrashuv Ronaldo uchun yorqin tarzda o'tdi. U xet-trik qilishga muvaffaq bo'ldi. Lekin gap faqat gollarda emas. Misol uchun, bir vaziyatda, o'ng qanot himoyachisi uning ortidan kelib to'pga tashlandi. U esa to'pni chap oyog'ining tashqi tomoni bilan ko'tarib himoyachi yaqiniga tashladi, uni quvib o'tdi va ajoyib “yurish”ni amalga oshirdi. "O'sha paytlarda Ronaldoning kimligini butun Evropa bilib oldi”, — deya yodga oldi PSVda texnik direktor bo'lib ishlagan Frank Arnesen.

Gollandiyada o'tkazgan ikki mavsumi davomida “so'yloq tish” (laqabi) jami 58 uchrashuvda 54ta gol urdi. “Men uning PSVdagi o'yinlarini televizor orqali kuzatardim va “Vau!” deb qichqirardim. Keyin esa u “Barselona”ga o'tdi va biz birgalikda o'ynadik. Ronaldo — men ko'rgan futbolchilar ichida eng ajoyib o'yinchi. U ungacha hech kim bajarmagan ishlarni qila oldi”, — degan edi Luis Enrike.

"Barselona"dagi 1996/97 yilgi mavsum futbolchi harakatlari tufayli yangragan "vau"lar bo'yicha eng yaxshisi bo'lgan bo'lsa ajabmas. Ularning eng asosiysi — "Kompostela" darvozasiga urilgan gol.

“Bunday gollar ura oladigan futbolchini dunyoning hech qaysi bir burchagidan topolmaysiz”, — deya hayratlangandi Ser Bobbi Robson. O'sha paytlarda murabbiylar o'rindig'ida Robson bilan birgalikda hammamiz biladigan Joze Mourino ham bor edi. Ehtimol, u shu sababli hanuzgacha Ronaldoni eng zo'r futbolchi desa kerak. “AS” nashri esa ertasiga “Pele qaytdi”, — deb xabar chop etgan edi.

O'sha Ronaldoning kuchli ekanini Robson ham, Pele ham tan olgan. Xususan, 2007 yil Robson bu haqida shunday deygandi: ”Men Angliya terma jamoasida Billi Rayt, Jon Xeyns, Bobbi CHarlton bilan o'ynaganman. Qolaversa, Terri Butcher, Brayan Robson, Pol Gaskoyn, Romario, Garri Lineker, Alan SHirer kabi buyuk o'yinchilarni shug'ullantirganman. Jamoamda yosh Rud Van Nistelruy, Luish Figo ham to'p tepgan. Terma jamoam bilan Diego Maradonaning "baraka topgur qo'llari" tufayli esa JCHdan chiqib ketgandim. Ko'rgan va taniganlarim orasida eng kuchli futbolchi — braziliyalik Ronaldo”.

O'sha payt “Barsa”da to'p tepgan Oskar Garsiyaning aytishicha klubdoshlari Ronaldo bilan shunday hazillashishardi: “Hech bo'lmaganda gol urgandan keyin sal sekinlash”. Bir vaziyatda Ronaldoning golidan so'ng unga Garsiya yaqinlashdi-da, jiddiy ohangda undan sekinlashishini so'radi. Albert Saladesning aytishicha, mashg'ulot paytida Ronaldo 10 kishini aldab o'tardi (bazilarni bir martadan ortiq) va gol urardi.

“Barselona” bilan bahsdan so'ng Ronaldoni “aqlbovar qilmas iqtidor egasi va ajoyib karkidon" (murabbiy bu vaziyatda u raqiblarini yiqitib ketishini nazarda tutgan bo'lsa kerak), — deb atagan edi “Las-Palmas” bosh murabbiyi Anxel KappaXorxe Valdano esa “fenomen”ni quyidagicha tariflagan: “Ronaldo hujumga o'tganida, xuddi butun stadion hujumga o'tgandek bo'ladi”.

La Liga o'sha mavsumi eng g'alatilaridan biri bo'lgan: ”Sevilya” va “Selta”ni esa moliyaviy sabablar tufayli ikkinchi ligaga tushirib yubormoqchi edilar. Lekin so'nggi pallada bu qaror bekor qilinib, chempionatda 22 jamoa ishtirok etadigan bo'ldi. Natijada "palapartish kalendar" vujudga keldi va chempionat iyunning o'rtasigacha davom etadi. Terma jamoaga chaqiruv sabab Ronaldo so'nggi uch turni va Kubok finalini o'tkazib yubordi. “Barsa” esa haddan tashqari braziliyalikka bog'lanib qolgandi va chempionlik poygasida mag'lub bo'ldi.

“Agar o'sha bahslarda ham Ronaldo ishtirok etganida, biz g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lardik”, — degan edi Bobbi Robson. Bu fikrga “Barsa”da Ronaldoga raqobatchi bo'lgan hujumchi Xuan Antonio Picci ham qo'shilgan: “Men shunchaki futbolchiman, u esa bizning sayyoradan emas”.

1996/97 yilgi mavsumda Ronaldo 48 o'yinda 45ta gol uradi. Bu o'sha davr uchun juda yuqori ko'rsatkich. U paytlarda bir o'yin uchun yarimta gol top natija hisoblanar edi. Bir o'yinda bitta gol esa erishib bo'lmas natija edi. FIFA hujumkor yarim himoyachilar foydasiga qoidalarni o'zgartirayotgan, markaziy himoyachilar kuchli texnikaga ega bo'lmagan, lekin yaxshi himoyalangan, jamoalar tarkiblari esa nisbatan teng bo'lgan zamonlar edi. SHunday vaqtlarda Ronaldo erishgan bunday yuqori natijalarning o'zi bir mo'jiza.

Ronaldo kelasi mavsumni “Inter”da boshladi. O'sha paytlar Italiya A Seriyasi sayyoraning eng kuchli chempionati edi. Ligada esa eng ajoyib va kuchli himoyachilar harakat qilarddi. Quyida o'sha paytlar himoyadagi katta figuralar bo'lgan futbolchilar fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Ronaldoga raqiblik qilgan himoyachilarga naqadar qiyin bo'lganligini ularning so'zlaridan tushunib olish mumkin.

“Men faoliyatimni Diego Maradona bilan bir jamoada boshladim. U menga juda buyuk bo'lib tuyulardi, lekin Ronaldo undan ham buyukroq ekan”, — deb eslaydi Fabio Kannavaro. “Ronaldo maydonda mo'jiza ko'rsatardi. Men to'pni bunday katta tezlikda nazorat qiladigan futbolchini ko'rmaganman. Men uchun u futbol tarixida eng kuchlisi”, — degan edi Marsel Desayi. Allesandro Kostakurtaning fikri esa ko'proq shikoyatga o'xshab ketadi: “Biz Maldini bilan birgalikda Maradonaning "yurishlari"ni to'xtatar edik. Lekin Ronaldoga kelganda bu ishni amalga oshirish mushkul bo'lgan. U tarixdagi eng kuchli hujumchi. Hattoki, Van Basten va Peledan ham kuchliroq. Uni to'xtatishning iloji yo'q”.

Mavsum o'rtalariga kelib “Ronaldo dunyoda tengsizmi?” degan savolni berishga hojat qolmagandi. Bu savol esa "World Soccer" jurnalida Ronaldoning surati ostida biroz boshqacharoq tarzda joylashdi: “Futbol tarixida tengsizmi?” Ronaldoning ajoyib o'yinlaridan biri UEFA Kubogi finalida “Lacio”ga qarshi bahs bo'ldi. Ronaldoga qarshi Nesta turardi. “Parijda bo'lgan o'sha final — faoliyatimdagi eng yomoni. U ajoyib o'yinchi. Men xatolarimni ko'rib chiqish uchun uchrashuvni qayta-qayta tomosha qilganman. Biz 0:3 hisobida mag'lub bo'lganmiz, lekin bunga mening xatolarim sabab bo'lmagan. SHunchaki, Ronaldoni to'xtatishning umuman iloji yo'q edi. U shunchalar tez yugurardiki, maydondagi qolgan futbolchilar shunchaki yurayotgandek edi go'yo”, — deya eslaydi Nesta.

Zizu o'sha finalni televizor orqali tomosha qilgan va bir vaziyatni hech qachon esdan chiqarmasligini tabassum bilan takidlagan: “Men Ronaldoni juda hurmat qilaman, biroq bitta vaziyatni alohida etibor bilan kuzatganman. Uning chap qanotda Nestaga ishlatgan finti. Men aytayotgan fint uning noyob iqtidorga ega ekanini ko'rsatadi. Balki bazilar bu  fintni ijro eta olar. Biroq Ronaldodan tashqari hech kim buni bunday tezlikda amalga oshira olmaydi. Eng qizig'i, u buni Nestaga qarshi amalga oshirgandi, mening buvimga qarshi emas! “Inter” murabbiyi Luijji Simyone esa sekin asta bunday harakatlarga o'rganib ketganini aytadi: “Ronaldo — ajoyib iqtidor egasi. U mashina kabi tezkor o'yinchi. U mashg'ulotlarda yanada kuchliroq edi. Bazida shunday vaziyatlar bo'lardiki, ko'zlarimga ishonolmas edim. U uchun esa bu odat edi. Faqat u uchun!”

1998 yilgi mundial paytida Xorxe Valdano shunday yozgandi: “Ronaldo Franciyaga o'z davrining futbolchilariga  raqiblik qilish uchun emas, ming yillik va yana keyingi ikki ming yillikdagi eng kuchli futbolchi unvoni uchun kurashishga keldi. Finaldan oldin francuzlar agar Ronaldo bilan hammasi joyida bo'lsa, ularga hech narsa yordam bera olmasligi haqida mashg'ulotda baland ovozlarda suhbat uyushtirishgandi.

Mana sizga o'sha mashg'ulotdagi suhbatdan parcha: “Men "Milan”da uning jamoasiga qarshi o'ynaganimda, hattoki to'pni ko'rmaganman. Uning qaerga harakatlanayotgani muhim emas, chunki siz to'pni ko'rmaysiz ham. Qani to'p? To'p yo'q. Bu — sehr”, — degan edi Desayi. Tyuram esa unga qo'shimcha qilib, "Sen uning yonida ekaningda sen pastga qarashga ulgurmaysan. CHunki ungacha yo to'p yo'q bo'ladi, yoki u.”

Francuzlarning baxtiga Ronaldo bilan finalda hammasi joyida bo'lmadi. Uning finaldagi ishtiroki futbol tarixidagi eng maxfiy masalalardan biri sifatida qoldi. Bu hatto Braziliya parlamentida ham muhokama qilindi. O'shanda bosh murabbiy Mario Zagallo shunday degan edi: “Tasavvur qiling, agar u bilan haqiqatdan ham hammasi joyida bo'lmaganda, tabiiyki, men uni maydonga tushirmas edim. Natijada Braziliya yutqazardi. Agar Ronaldo mening qarorim sabab maydonga tushmaganda, men hamma narsalarimni yig'ishtirib SHimoliy Qutbga ketishimga to'g'ri kelar edi”.

Ronaldoning futbol tarixidagi o'rnini hammadan ham Janluijji Buffon aniq ifoda qiladi: “Ronaldo bahslar taqdirini bir o'zi osongina hal qilardi. Uni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida eslashadi. U hatto Pele va Maradonadan ham kuchliroq bo'lishi mumkin edi. Men baxtliman, chunki uning faoliyatiga katta tasir qilgan jarohatni olgunga qadar, unga qarshi o'ynaganman.  Ronaldo o'zga sayyoralik edi va hamma narsa qila olardi. SHunday futbolchi tarixda eng kuchliga aylana olmagani — haqiqiy fojea“. Bobbi Robsonning aytishicha, u futbol tarixida 20 yoshida bunday xususiyatga ega bo'lgan futbolchini avval ko'rmagan ekan. Zamonaviy futbolda ham bunday xususiyatga ega bo'lgan o'yinchi mavjud emas. Buni raqamlar ham tasdiqlaydi.

Elita turnirdagi yosh futbolchilar (20 yoshgacha) natijalari (top-liga, CHempionlar Ligasi, Evropa va Jahon chempionati)

Bu rasmda faqat sermahsullik hisobga olingan va bu Ronaldo va zamonaviy yulduzlarning taqqoslanishiga misol bo'la oladi. Hozirgi futbolda hatto Ronaldoning nursiz namunasi ham yo'q. Jahon CHempionati vaqtida Kilian Mbappe bazi harakatlari orqali braziliyalikni eslatib yubordi, biroq biribir nimasidir o'xshamaydi. To'p bilan tezlikda muomala qilish bo'yicha Mbappe va Muhammad Saloh Ronaldoga yaqinroq darajada. Ammo ularning maydondagi rollari nisbatan kichikroq, fintlardagi sehr darajasi — unga yaqin ham kelmaydi.

Buni quyidagi Zidanning fikrlari misolida ham ko'rish mumkin: “Ronaldo — men qarshi o'ynaganlar ichida eng zo'ri. Unda to'p bilan muomala qilishda qandaydir engillik bo'lgan. Har bir mashg'ulotda u yangi va amalga oshirish ilojsiz bo'lgan tryuklarni bajarardi. SHu erda yaxshi o'yinchi va “alohida” ning farqi bilinadi. Ronaldo — “alohida” edi.
To'g'ri tariflar. Ronaldoning istedodi bunga arziydi. Yoshlik davrlarida uning iqtidori kosmik darajada edi. Uning oldida hatto Leonel Messi oddiy “yaxshi o'yinchi” bo'lib qoladi. “Ronaldo — tarixdagi eng zo'ri. U takrorlanmas. U sehrgar. Men doim u bu ishlarni qanday qiladi deb o'ylanganman, lekin haligacha bilmayman. Uning ishlarini hech kim takrorlay olmaydi”, — bu esa Samuel Eto’Oning so'zlari edi.

Davomi bor...

Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика