Braziliyalik Ronaldo: Ispan futboli – eng zo'ri
06 noy 2016 09:00
Yangiliklar
Braziliyalik Ronaldo: Ispan futboli – eng zo'ri
Vaqtida betakror harakatlari va shunday gollari bilan millionlab qalblarni oshufta qilgan braziliyalik yaqinda AS nashri muxbirlari bilan suhbatlashdi. U bu jarayonda sermahsul faoliyati davomida ro'y bergan ay-rim qiziqarli lahzalarni xotirladi. Xususan, Visente del Boske qo'l os-tida o'ynagan qisqa davriga alohida to'xtaldi.
Mashg'ulotlar haqida
- Aytishim joiz, faoliyatimning dastlabki 10 yilida noto'g'ri shug'ullanganman. Qaysidir manodaki, keraksiz mashqlar ko'p tanlangan. Aytaylik, mudom Roberto Karlos yoki Kafu kabi ko'p yugurishga urinardim, ammo buni sira uddalay olgan emasman. Menimcha, aynan shunday noo'rin zo'riqishlar bilan organizmimni qiynab qo'yganman. Xullas, jamoaviy mashg'ulotlar oqibatida meyoridan ko'p jarohatlangan bo'lsam kerak.
Mashg'ulotlarga kechikish haqida
- Esimda bir safar hafta davomida umumiy mashg'ulotlarga ikki marta kech qolgandim. Ularning birinchisida Arrigo Sakki menga naq 15 daqiqa vaz o'qigan va kamiga moliyaviy jarima belgilagandi. Keyingi gal murabbiy huzuriga borganim hamono unga shunday dedim:Yo'q, bu safar lekciya o'qisangiz, jarima solmaysiz yoki jazo belgilaysizu, dakki-dashnom berishdan tiyilasiz.
Florentino Peres nasihati
- Florentino kunlardan birida meni oldiga chaqirdi va Luish Figuni o'rnak sifatida ko'rsatib, nasihat qildi: Ana, Luishga qara. Sen ham tungi klublardagi ko'ngilxushlikni yig'ishtirib qo'yib, bo'sh vaqtingni ko'proq uyingda o'tkazsang yaxshi bo'lardi.... Lekin men ham bo'sh kelganim yo'q: Mening tashvishimni o'ylab o'tirmang. Agar xuddi Figunikidek oqila xotinim bo'lganida, uydan umuman chiqmasdim.
Faoliyati xotimasi xususida
- Ochig'i, jarohat tufayli butsalarimni mixga ilishga majbur bo'lishimni hech qachon xayolimga ham keltirmagandim. Bu juda alamli...
Fabio Kapello haqida
- Kapello hech qachon o'ta aqlli murabbiydek taassurot qoldirgan emas. SHunday bo'lsada, ochiq tan olaman: u faoliyatim davomida men ko'rgan murabbiylarning eng kuchlilaridan biri - bu aniq.
Sportdagi ilk qadamlari
- Barchasi futzal orqali boshlandi. O'shanda 9 yoshda edim. Keyinchalik futzal maydoni menga torlik qilishini tushunib etdim va futbolga yuzlandim.
Oilasi haqida
- Ota-onam ajrashishgan payt hech narsani o'ylamaganman. CHunki bor etiborni futbolchilik faoliyatimga qaratgandim. 17 yoshga to'lgach esa, futbol orqali topgan pullarimni oilaviy byudjetga qo'sha boshlagandim. Xullas, o'sha vaqtdayoq uyda birinchi shaxsga aylanganman.
Eng yaxshi futbolchilar tanlovi
- Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymardan iborat elit ro'yxatga Luis Suaresni ham qo'shish kerak, menimcha. Ulardan eng zo'ri sifatida Krishtianuni etirof etaman, negaki, u Madridda o'ynayapti. SHuning barobarida Messi va Neymarning nechog'li kuchli ekanliklarini unutmaslik lozim.
Koutino haqida
- Yashirmayman, Koutinoni aynan Madridda ko'rishni istayman. Bu oddiy istak emas, balki o'ta kuchli xohishdir.
Zayniddin Zidan haqida
- Zidanga doimo katta hurmat nazari bilan qarayman. Biz vaqtida Inter va Yuventusda bir-birimizga qarshi to'p surganmiz. Jarohatga yo'liqqanimda esa, Zizuning meni ko'rgani Parijdagi shifoxonaga borgani hech yodimdan ko'tarilmaydi. Biz aynan o'sha joyda yaqindan tanishib, do'stlashgandik. Qizig'i, keyinchalik Real Madrid uchun birga o'ynagan payt Zidanni tug'ilgan kunimni nishonlash ziyofatiga taklif qilmaganman. Nega? Unga nisbatan hurmat tufayli. CHunki Zizu o'ta xotirjam inson edi va bunday tadbirlarni uncha yoqtirmasligini yaxshi bilardim.
Visente del Boske bilan hamkorlik
- Del Boske bilan o'zaro munosabatlarimiz alo darajada edi. Uning qo'l ostida bir yil o'ynaganman, xolos. O'shanda jamoamizning La-ligada g'olib chiqishiga bir bahya qolgandi. Afsuski, klub prezidenti shunday murabbiyni istefoga chiqardi. Alohida takidlayman, del Boske boshqaruvida o'tgan o'sha bir mavsum butun faoliyatimdagi eng yaxshilaridan biridir.
Ispan futboliga baho
- Ispan futboli tarix bo'yicha eng zo'ri - bu shubhadan xoli. CHunonchi, primeroda doimo eng kuchli futbolchilar to'p surishgan. Muhimi, ular o'ta chiroyli futbol namoyish etishgan.
Roberto Karlos haqida
- Roberto Karlosga naqadar yaqin ekanligimizni oddiy ifodalayman: biz shunchalik tez-tez birga tunaganmizki, ularning umumiy soni hayotim davomidagi barcha ayollar bilan o'tkazgan oqshomlarimnikidan ham ko'p. Roberto Karlos hattoki, bir safar hayotimni saqlab qolgan: soat 12 edi, biz doimgidek bitta xonaga joylashgandik. Tushlikdan so'ng uxlashga yotdim, biroq birdaniga butun vujudimni titroq bosdi va taxminan 30 soniya hushimni yo'qotdim. To'g'ri, o'shanda Roberto avvaliga buni jiddiy qabul qilmagan, yani barchasini hazil o'rnida ko'rgan ekan.
Braziliya termasi haqida
...
maqolaning qolgan qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.
Fikrlar