So’nggi yangiliklar

10:53"Машъал" Суперлигага қайтибгина қолмай, чемпионлик учун кураш олиб боришга тайёр!"  0 10:51«Сурхон» яна икки нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 10:22«Нефтчи»ни яна бир легионери тарк этди  0 09:48«Қизилқум» терма жамоамиз собиқ футболчиси билан шартнома имзолайди  0 09:15Олег Зотеевнинг янги жамоаси «Бунёдкор» эмас, балки водий клуби бўлади  5 08:42ЎФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  4 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  4 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  3 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  1 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  6 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  1 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0

Braziliyalik muxlislar O'ZBEKISTON deya hayqirishdi Yangiliklar

Braziliyalik muxlislar O'ZBEKISTON deya hayqirishdi

Yana bir necha soatlardan so'ng boshlanadigan Braziliya - Germaniya uchrashuvini Abdurahmon Fozilov bilan jonli yoritib berishga harakat qilamiz.
21 soat deganda Toshkentdan San-Paulu shahriga etib bordim. Keyin futbol ishqibozlarini o'z bag'riga sig'dirgan, uzoq yo'l uchun mo'ljallangan avtobusda Belo Orizonte shahri tomon yo'lga chiqdim. Bu avtobusda braziliyalik muxlislardan tashqari Olmoniyadan ham ishqibozlar bor edi.





O'yinga hali bir necha soat bo'lsada, muxlislar stadion tomon yo'l olishgan. Stadionga 6 kmga yaqin hududdan boshlab mashinalar tirbandligini ko'rishingiz mumkin. SHuning uchun barcha stadionga piyoda boryapti. Germaniya va Braziliya terma jamoalari va qolgan sayyohlar o'rtasida do'stona munosabat.

Quyidagi video orqali ko'rishingiz mumkin, braziliyaliklar O'zbekiston deb baqirishyapti. Atrofdagi atmosfera bir so'z bilan, yani muxlis ko'zi bilan aytganda SUPER! Hamma stadionga kelayotgan bo'lsada, stadion ichiga emas, uning atrofidagi muhitga oshiqishyapti. Istasangiz dam oling, istasangiz emakxona, magazinlarni aytmaysizmi? Hamma narsalar muxlis uchun alo darajada yaratilgan. Faqat muxlis ko'pligidan telefonlarimizni quvvat oldirish uchun navbat kutyapmiz.




Agar bugun Kloze maydonga tushib gol uradigan bo'lsa, afsonaviy Ronaldodan o'tib ketadi. Buni muxlislar istashmayapti. Bu holat aks etgan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.




Uchrashuv yakuniga etishi bilan yana San Paulo tomon yo'lga chiqamiz. Ertaga stadiondagi muhitni sizlarga yaqindan tanishtiramiz. CHiptalar qo'lda ham yo'q hisobi. Bo'lsa ham narxi osmon. Hazillashib chiptamni sotaman degan edim, 3000 dan, 5000 AQSH dollarigacha pul vada qilishdi. Ammo bu erga kelib futbolni stadiondan ko'rmasdan ketish, bo'lmapti. Stadion atrofida esa Braziliya madhiyasi tarqatilyapti. Hullas endi o'yinga ketdim...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика