So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Braziliyalik “bolakay” Yangiliklar

Braziliyalik “bolakay”

Teglar :  Junino Paulista
Ushbu maqolamiz Angliyada to'p tepgan braziliyalik Junino Paulista haqida.

Siz uni Angliya klubida o'ynamagan, “Lion”da tanilgan Junino bilan aslo adashtirmang. Yaxshisi, maqolani o'qib chiqing va aynan Angliya klubida porlagan Junino haqidagi qiziqarli malumotlarga ega bo'ling.  

"Bolakay" laqabli Junino Paulista 1973 yil 22 fevralda Braziliyaning San-Paulu shahrida dunyoga kelgan. Kichkinaligida uning bo'yi juda past edi, bor-yo'g'i 167 santimetr. Junino futboldagi faoliyatini "Ituano" klubida boshlagan. 4 yil davomida ushbu jamoa yoshlar tarkibida o'ynagan.  

Futbolchi 20 yoshga to'lgach, Braziliya klublari u blian qiziqa boshladilar. Uning "San-Paulu"da paydo bo'lishi g'ayritabiiy hodisa edi. Aynan shu klubda Junino yulduz bo'lib porladi. "San-Paulu" da o'tkazgan vaqtlari davomida u Libertadores kubogini, shuningdek qitalararo kubok sohibiga aylangan. 1995 yili qishda terma jamoada debyut qildi, oradan 7 yil o'tib, jahon chempioni degan yuksak nomga sazovor bo'ldi.


1995 yilning kuzida Junino Angliyaga jo'nab ketdi. Braziliyalik yarim himoyachiga "Midlsbro" ko'z tikdi va samimiyat ila qarshi oldi. Junino o'sha paytda Evropaning ko'plab grand klublari uchun "o'lja" edi. CHunki, u endigina 22 yoshda bo'lishiga qaramasdan, allaqachon Libertadores kubogini yutib olgan va hattoki, Braziliyaning asosiy jamoasida debyut qilishga ham ulgurgandi. Yakuniy tanlov hammaga g'alati tuyuldi, biroq, o'yinchiga omad kulib boqdi, sababi oldinda uni yorqin kelajak kutayotgandi.    

Birinchi mavsumdayoq, braziliyalik o'z o'yinlari va jamoatchilik bilan yaxshi munosabatlari orqali  "Midlsbro" muxlislari yoqimtoyiga aylandi.  Braziliyadan kelgan vunderkind "bolakay" laqabini oldi (buni uning bo'yi bilan izohlashdi). U tashqariga chiqishdan qo'rqmasdi va oddiygina ko'cha bolalari bilan hovlida futbol o'ynardi, shu bilan u o'zining soddaligi va jo'shqinligini ommaga namoyish etgan. Angliyadagi debyut mavsumda o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatishga harakat qildi, ammo eng yaxshi sport formasini keyingi mavsumda namoyish qildi.  

 

Ortga nazar tashlasak, 1996/97yilgi mavsum Junino Paulista faoliyatidagi eng yaxshi davrga aylanishi mumkin edi, ammo oxir-oqibat u deyarli eng yomoni bo'lgan va muxlislar uni qalblarida katta qayg'u bilan eslashadi. Umuman olganda, mavsum muvaffaqiyatli tugashiga umid bor edi, lekin, yakuniy natija kutilganidek bo'lmadi. Salbiy natija muxlislarning unga bo'lgan iliq munosabatiga tasir ko'rsatmadi. O'sha mavsumda "qizillar" Junino bilan birgalikda Liga kubogi va Angliya kubogi finaliga yo'l oldi, lekin jamoa ikkala final o'yinida ham yutqazdi. Eng dahshatli tomoni shundaki, klub Premer-ligadan chiqib ketdi, bunga asosiy sabab "Blekbern Rovers"ga qarshi o'yin(ushbu o'yinda 3 ochko boy berilgan)da "bolakay" ishtirok etmaganligi sabab qilib ko'rsatiladi.  O'sha yili jamoa Premer-ligani tark etgan bo'lsa ham, Junino mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi, bu juda ko'p narsani anglatardi. CHunki, bungacha hech qachon jamoasi quyi ligaga yo'l olgan o'yinchi APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olinmagan.

SHundan so'ng, braziliyalik Angliyani tark etdi, chunki u CHempionshipda o'ynab turib, Braziliya terma jamoasiga chaqirilmagan bo'lardi va bu futbolchi hayotidag eng muhim qismi edi. "Atletiko Madrid"ga kelgach, Madriddan tashqari, "Midlsbro", "Vasko da Gama" hamda "Flamengo"da ijara asosida to'p tepdi. Ushbu vaqt oralig'ida Braziliya chempionati (A Seriya) va Merkosur kubogini yutib oldi. 

2002yilda "Midlsbro"ga qaytdi. 2 yil davomida baribir o'z maqsadiga erisha oldi yani jamoa bilan Liga kubogida g'olib bo'ldi. 

Keyinchalik, uning faoliyati mantiqiy yakuniga etib bordi va Avstraliyaning "Sidney" klubi uning so'nggi  jamoasiga aylandi. Oldinroq, "Midlsbro" muxlislari Juninoni klub tarixidagi eng buyuk o'yinchi deb tan olishdi. Uzoq vaqt davomida Junino Paulista Premer-liga tarixidagi eng mashhur braziliyalik deb hisoblab kelinadi hamda Braziliyadan Angliyaga yo'l ochib bergan birinchi futbolchi sifatida tan olinadi.  

Balki, Premer-liga tarixidagi eng yaxshi braziliyalik futbolchi - "bolakay" emasdir, biroq u bitta klub("Midlsbro") uchun abadiy birinchi raqamli o'yinchidir!


SHerzod Nurmatov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика