Braziliyada JCH sababli transportlarda muammo yuzaga kelmoqda
24 noy 2022 19:17
Yangiliklar


Braziliyada JCH sababli transportlarda muammo yuzaga kelmoqda
Braziliyada JCH-2022 sababli jamoat transportidan foydalanishda muammolar yuzaga kelmoqda.
"Globo" xabariga ko'ra, shaharlararo transportlarning orasidagi vaqt 7-16 soatni ham tashkil qilmoqda. Rio-de-Janeyroda esa jamoat transportlarining kelishidagi oraliq vaqt 40 daqiqagacha cho'zilib ketyapti.
Avtobus haydovchilari esa yo'lovchilarga: "Bu jahon chempionati, tinchlaninglar", deb javob berishyapti. Braziliyada har 4 yilda bo'ladigan jahon chempionatining barcha uchrashuvlarini bayram kabi kuzatishadi. SHu sababli JCH uchrashuvlari vaqtida haydovchilar asosan bahs tanaffusida ishga tushishmoqda.
Braziliya termasining dastlabki uchrashuvi payshanba kuni bo'lib o'tadi. Undagi raqib - Serbiya termasi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar