Braziliya TJda maydonga tushmagan ikki futbolchi Rossiya fuqaroligini olishga yaqin
18 sen 2022 08:35
Yangiliklar
Braziliya TJda maydonga tushmagan ikki futbolchi Rossiya fuqaroligini olishga yaqin
Bu haqda rossiyalik insayder Ivan Karpov xabar bermoqda.
Unga ko'ra, “Zenit”ning ikki legioneri Malkom hamda Klaudino Rossiya pasportini olish uchun harakatlarni boshlagan.
Yarim himoyachilar shu orqali Rossiyada soliqlar uchun kamroq mablag' sarflashni rejalashtirmoqda. 25 yoshli Malkom hamda uning tengdoshi bo'lgan Klaudino Braziliya TJda o'ynashmagan. Ammo ikkisi 2020 yilgi Olimpiadada oltin medallarni qo'lga kiritishgan.
Malkom 2019 yil, Klaudino esa 2021 yildan beri peterburgliklar sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar