Braziliya terma jamoasi 69 yil ichida ilk marta Amerika Kubogida oq libosda o'ynaydi
29 mar 2019 08:53
Yangiliklar


Braziliya terma jamoasi 69 yil ichida ilk marta Amerika Kubogida oq libosda o'ynaydi
Braziliya oq libosda o'ynaydigan bo'ldi.
Braziliya terma jamoasi Amerika Kubogi-2019 musobaqasi safar o'yinlarida oq libosda o'ynaydi. Bunga sabab jamoa joriy yil musobaqadagi ilk g'alabasining 100 yilligini nishonlaydi. “Pentakampeonlar” so'nggi marta 1950 yilda oq libosda o'ynagan. O'shanda jamoa JCH finalida Urugvayga mag'lub bo'lgandi. Braziliya terma jamoasining odatdagi safar libosi esa havorang rangli hisoblanadi.
Amerika Kubogi musobaqasi joriy yil 14 iyunidan 7 iyuliga qadar aynan Braziliyada o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar