Ikardi Argentina terma jamoasiga chaqirilmaydi va Amerika Kubogini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
21 may 2019, 10:26
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Amerika Kubogi-2019 qaydnomasiga "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini qo'shmaslikka qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ikardi joriy mavsumni yuqori saviyada o'tkazmagani va klub rahbariyati bilan yaxshi munosabatda bo'lmagani uchun bunday qaror qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, bir yil oldin Ikardi JCH-2018 qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports