So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

JCH-2018. Braziliya so'nggi daqiqalarda Kosta-Rikani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Braziliya so'nggi daqiqalarda Kosta-Rikani mag'lub etdi

JCH-2018ning 2-turi doirasida Braziliya - Kosta-Rika uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

O'YIN TUGADI. BRAZILIYA SO'NGGI DAQIQALARDAGI GOLLAR EVAZIGA 2:0 HISOBIDA G'ALABAGA ERISHDI

90+7. GOOOOOOOOOLLLLLL!!! Neymaaaarrrr!!! Duglas Kostaning to'p oshirishidan keyin Neymar hisobdagi farqni yanada oshirdi.

90+6. Qanotdan Marselo to'p uzatishidan keyin Braziliya burchak zarbasini ishlab oldi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi.

90+4. ZARBAAAAAAAAAA!!! Firminoning zarbasi anchagina noaniq ketdi. Exxxx, shundoqqina golga tortadigan vaziyat edi-ya. 

90+3. O'zgarish. Jezus o'rniga Fernandino.

Qanotdan to'p oshirildi. To'p esa Jezusdan o'tib, Koutinoga borib tushdi. Koutino esa Navasning oyoqlari orasidan to'pni darvozaga yo'llab qo'ydi. 1:0!

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! KOUTINOOOOOOOOOOOO!!!

90. ASOSIY VAQTDA 6 DAQIQA QO'SHIB BERILDI.

89. Marselo to'pga tegib ketganidan keyin Neymar to'pni o'zi bilan olib ketdi va jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Buni posbon urib yubordi. Ikkinchi tempda ham huddi shu ish takrorlandi. Bu safar Kasemiro Navasga qarshi qo'pollik ishlatdi.

88. Maydonda Kosta-Rikaning bir yo'la 2 futbolchisi yotibdi. Kichik to'xtalish.

87. ZARBAAAAAAAA!!! Duglas Kostaning pasidan keyin Kasemiro zarba berdi. Biroq Navs o'z o'rnida ajoyib harakat qildi.

86. Braziliya hujumga o'tdi. Kasemironing to'p uzatishidan keyin Jezus raqib futbolchilari orasida qolib ketdi va to'pni yo'qotdi.

85. Neymarning uzoq masofadan aylantirib bergan zarbasini Navas osonlik bilan ushlab oldi. Neymar bugun minusga o'ynamoqda.

84. Vaqtni cho'zgani uchun Jonni Akosta ogohlantirildi.

83. Kosta-Rikada o'zgarish. David Guzman o'rniga Yeltsin Texeda maydonga tushdi.

82. Braziliya bosimni oshirmoqda. Hujumlar ko'p. Hujum bilan hujumning farqi bor.

81. Neymar va Koutinoga sariq kartochka. Ular etiroz bildirgani uchun shunday jazoga loyiq ko'rildi.

80. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqa vaqt qoldi.

79. Yo'q, penalti yo'q! VAR tizimiga katta rahmat. Penalti yo'q edi. Neymar biroz "artist"lik qildi.

78. NEYMAR YIQITILDI!!! PENALTIIIIII!!!! SHoshmang, VAR tizimi ishlamoqda!

76. ZARBAAAAAAAA!!! Neymarning zarbasi Akostaga tegib, burchakka chiqib ketdi. Biroq Braziliya ushbu standartdan ham foydalana olmadi.

75. Kosta-Rikada o'zgarish. Kristian Gamboa o'rniga Francisko Kalvo maydonga tushdi.

74. Marselo chap qanotdan to'pni Jezusga oshirib bergandi. Biroq u to'pga etib bora olmadi.

72. ZARBAAAAAAAAA!!! Gamboaning qo'pol xatosidan keyin Neymar raqib darvozasi oldiga yaqin keldi va zarba berdi. Biroq noaniq. Anchagina qulay vaziyat edi.

71. ZARBAAAAAAAAA!!! Kasemironing burchakdan oshirilgandan keyin boshi bilan bergan zarbasini Navas qaytarib qoldi.

70. Kasemiro oldinga o'tgandi. Kosta-Rika himoyasi yaxshi o'ynamoqda. Vaziyat bartaraf etildi.

69. Neymar hujumga o'tgandi, biroq raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Ammo penalti emas, burchak zarbasi belgilandi.

68. O'zgarish. Paulino o'rniga Roberto Firmino.

67. XAVFLI VAZIYATTTTTTTT!!!! Kosta-Rika hisobni ochishi mumkin edi. Biroq avvaliga bunga Miranda, keyinchalik offsayd halaqit qildi.

66. Neymar chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni tashlab berdi. Paulino raqib boshiga zarba bergani uchun hujumda fol belgilandi.

64. Neymar Navas darvozasi tomon zarba berdi. Navas esa oddiy zarbani qiyinchilik bilan ikki urinishda ushlab oldi.

61. Tezkor qarshi hujum esa kosta-rikaliklarning aniq harakati evaziga to'xtab qoldi. Braziliya yana kichik paslar orqali hujum uyushtirmoqchi bo'lgandi. Gamboa esa to'pni olib qo'ydi. Keyinchalik uning o'zi oddiy pasni bera olmadi. To'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

60. Burchak zarbasini Miranda qaytarib yubordi. Braziliya jarima maydonchasi ichida ikki tomon ham bir necha bora to'pni yo'qotdi. Keyinchalik Neymar qarshi hujumga o'tib ketdi.

59. Kosta-Rika burchak zarbasini amalga oshirmoqda.

58. ZARBAAAAAAAA!!! Koutinoning zarbasi Navasning qo'liga borib tushdi.

57. Bolanos hujumga o'tdi. Biroq to'pni Miranda to'xtatib qoldi. Kosta-Rikalikka mahorat etishmadi.

56. ZARBAAAAAAAA!!! Navas yana termasini qutqardi. Braziliya esa burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

54. Kosta-Rikada o'zgarish. Markos Urenya o'rniga Kristian Bolanos tushdi.

51. Braziliya burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi.

50. XAVFLI VAZIYATLAAAAAAAARRRRR!!! Avaliga Jezusning zarbasi ustunga tegdi, keyinchalik Koutinoning zarbasini himoyachi qaytardi. FANTASTIKAAAAA!!!

48. XAVFLI VAZIYATLAAAAAAAARRRRR!!! Navas avvaliga Paulinoning zarbasini oyog'i bilan qaytardi, Neymarning zarbasini esa ushlab oldi. Super start.

46. Braziliya 2-bo'limni o'zgarish bilan boshlamoqda. Villian o'rniga Duglas Kosta.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI. HISOB HOZIRCHA 0:0

45+2. Kosta-Rika standartdan keyin hisobni ochishi mumkin edi. Biroq havodan uzatilgan to'pga uning jamoadoshlari tega olmadi.

45+1. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasi yaqiniga kirib borayotgan bir vaqtda himoyachilar uni yiqitishdi. Biroq jarima berilmadi.

45. Urenya oldinga o'tdi va to'pni Gamboaga oshirib berdi. Miranda esa to'pni qaytarib yubordi.

44. Fagnerning to'p oshirishidan keyin Neymar to'pni to'xtata olmadi. Bu erda offsayd bor edi.

43. Paulino o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Uning to'p oshirishiga braziliyaliklar egalik qilmadi.

41. ZARBAAAAAAAAA!!! Marselo chap qanotdan markazga yorib kirdi va zarba berdi. To'pni uning klubdoshi qaytarib qoldi.

40. Brayan Ruis markazda to'pni egallab oldi va oldinga o'tmoqchi bo'ldi. Ammo unga qarshi 4 futbolchi o'ynagani uchun to'pni o'zida olib qola bilmadi.

39. Braziliyaning noaniq o'yinidan keyin Kosta-Rika hujumga o'tdi. Qarshi hujumda Urenya offsaydda turgan Gamboaga to'pni oshirib berdi. Hakamlar esa buni ko'rdi.

37. O'yin tempi biroz tushdi. Braziliya kutilganidek gollar urib tashlay olmayapti.

36. Marselo chap qanotdan to'pni oshirib bergandi. Biroq Jezus boshi bilan zarba berolmadi.

34. Koutinoning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

33. Neymarni Gamboa yiqitgandi. Biroq hakam Neymar o'zi yiqildi deb hisobladi.

32. Neymar chap qanotdan Jezusga havodan to'pni oshirib bergandi. Ammo Oviedo xavfni bartaraf etdi. Bu erda offsayd ham qayd etildi. Xavfli vaziyat bo'lgandi.

28. Braziliyaning uzoq vaqt davom etgan hujumi Marseloning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

27. XAVFLI VAZIYATTTTTTTTTT!!!! Neymar darvozabon Navas bilan birga bir holatga chiqib borgandi. Ammo posbon anchagina ishonchli tarzda to'pni qaytardi. Hujum ikkinchi temp bilan davom etdi. Jezus raqibiga qarshi fol ishlatdi.

25. Koutino markazda bir necha fint qilib, to'pni oldirgandi. SHundan keyin kosta-rikaliklar hujum qilishga intilgandi. Ammo vaziyat o'zgardi. Braziliyaliklar hujumga o'tib ketdi va Gabriel Jezus gol kiritdi. Ammo u offsaydda qolib ketgandi.

24. Endi Braziliya total ustunlikka ega bo'lmoqda.

23. Braziliyada xavfli vaziyat. Jarimadan oshirilgan to'pga Tyago Silva boshi bilan zarba berdi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi.

22. Gamboa hujumda faol. O'ng qanotdan u to'pni qiyinchilik bilan jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Venegas esa boshi bilan to'pga zarba berdi. Himoyachilar o'z o'rnilarida yaxshi harakat qildi.

21. Koutino markazdan to'pni Jezusga oshirib bergandi. Biroq to'p darvozabonga bordi.

19. Navasjon!! U to'pni tepmoqchi bo'layotgan bir vaqtda Mirandaga urilib ketdi. "Real" posboniga nisbatan fol belgilandi. Kulgili holat.

18. Bir necha daqiqa ichida Neymarni uch bora yiqitishdi. Braziliyada hisobni ochish uchun imkoniyat bor.

17. Neymar jarimadan to'pni uzatib bergandi. Biroq to'p himoyachilar tomonidan qaytarib yuborildi.

16. Braziliya to'pni o'zida ushlab, pozicion hujumga o'tishga urinmoqda.

14. Kutilmaganda Kosta-Rika o'yinda ustunlik qilmoqda. Hozir markazda Neymarni yiqitishdi.

13. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA!!! KOSTA-RIKAAAAAAA! Kelso Borges hisobni ochishga yaqin edi. O'ng qanotdan Gamboa oldinga o'tdi va qulay vaziyatda turgan Borgesga to'pni oshirib berdi. Zarba Alisson darvozasining yonginasidan o'tib ketdi.

12. Kasemironing burni qonadi. Braziliya usiz o'ynamoqda.

11. CHap qanotdan Koutino hujum tashkil qilishga uringandi. Biroq Gamboa unga imkoniyat bermadi.

9. Villian o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Pas noaniq bo'lganidan keyin Villian yana to'pni egallab oldi. Unga qarshi fol ishlatildi. Braziliya hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyati bor.

6. Kosta-Rika kichik bosim uyushtirmoqda. Kristian Gamboaning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

5. Kosta-Rika hujumga o'tdi. Markos Urenya oldinga ketayotgan bir vaqtda Tyago Silva uni to'xtatib qoldi.

4. ZARBAAAAAAAAA!!! Jarima maydonchasi yaqinida Koutino darvoza tomon zarba berdi. Biroq noaniq.

2. Ilk daqiqalardan Braziliya oldinga o'tmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Ikki davlatning madxiyalari yangramoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Brazil

Philippe Coutinho - 90', Neymar - 90'

World Cup Grp. E . 2-tur

22/06/2018, 17:00

0
:
2
Tugadi

Costa Rica

Stadion: New Zenit Stadium, 64468 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
46'  Willian (Douglas Costa)
68'  Paulinho (Roberto Firmino)
81'  Neymar
81'  Philippe Coutinho
90'  Philippe Coutinho
90'  Gabriel Jesus
90'  Gabriel Jesus (Fernandinho)
90'  Neymar
90'  Douglas Costa
54'  Marcos Urena (Christian Bolanos)
75'  Cristian Gamboa (Francisco Calvo)
83'  David Guzman (Yeltsin Tejeda)
84'  Jhonny Acosta

Braziliya - Kosta-Rika 2:0

Gollar: Koutino (90), Neymar (90+6).

Braziliya: 1. Alisson Bekker, 2. Tyago Silva, 3. Joao Miranda, 12. Marselo, 22. Fagner, 5. Kasemiro, 11. Filippe Koutino, 15. Paulino (Roberto Firmino, 68), 19. Villian (Duglas Kosta, 46), 9. Gabriel Jezus (Fernandino, 90+3), 10. Neymar.

Kosta-Rika: 1. Keylor Navas, 2. Jonni Akosta, 3. Jankarlo Gonsales, 6. Oskar Duarte, 8. Brayan Oviedo, 16. Kristian Gamboa (Francisko Kalvo, 75), 5. Kelso Borges, 10. Brayan Ruis, 20. David Guzman (Yeltsin Texeda, 83), 11. Yoxan Venegas, 21. Markos Urenya (Kristian Bolanos, 54).

Ogohlantirish: Neymar (81), Koutino (81), Jonni Akosta (84).

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика