Braziliya hukumati Ronaldinoning hisobidan bor-yo'g'i 6 evro topdi
06 noy 2018 17:45
Yangiliklar
Braziliya hukumati Ronaldinoning hisobidan bor-yo'g'i 6 evro topdi
Sobiq futbolchi 2015 yilda akasi Robert de Assis bilan ombor va baliq ovi platformasi qurilishida ekologiyaga etkazgan zariri uchun 2 mln evro jarimaga tortilgan edi. Biroq Ronaldino bu mablag'ni to'lab bermadi, shu sababli sud uning pasportini hibsga oldi.
Malumotlarga ko'ra, Braziliya hukumati sobiq futbolchining bankdagi hisobini o'rganayotib, Ronaldino hisob raqamida bor-yo'g'i 6 evro (olti evro) borligini aniqlashdi. Braziliyalikning hayoti hisob raqamidagi mablag'ga to'g'ri kelmaydi, chunki u so'nggi bir necha hafta davomida Osiyoda reklama akciyalarida ishtirok etdi, xatto Nike firmasi uning nomi bilan oyoq kiyim ishlab chiqarishni boshladi. Suddagilarning fikricha, buning barchasi Ronaldinoga katta daromad olib kelishi kerak edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar