So’nggi yangiliklar

16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  5 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  1 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  12 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7

Braziliya Amerika kubogiga qarshi – hatto futbolchilar ham! Yangiliklar

Braziliya Amerika kubogiga qarshi – hatto futbolchilar ham!

Amerika kubogi boshlanishiga bir haftadan sal ko'proq vaqt qoldi, hali ham musobaqaning bo'lib o'tishi umuman aniq emas.

Siyosiy muammolar tufayli Kolumbiya ushbu musobaqani birinchi bo'lib yo'qotdi, bir necha kundan so'ng u Argentinadan koronavirus infekciyasining kuchayishi sababli olib qo'yildi.

Mojaro ichida

KONMEBOLda turnirni o'tkazish uchun bir nechta variant bor edi, ammo eng "optimal" variant tanlandi: turnir Braziliyaga berildi, bu erda koronavirus bilan bog'liq vaziyat Argentinaga qaraganda yomonroq. "Pandemiya boshidanoq men o'limdan pushaymon ekanligimni aytdim, lekin biz yashashimiz kerak",- dedi Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru.

Bolsonaru nafaqat xalq orasida, balki siyosatchilar orasida ham qoralandi. Xususan, senator Renan Kalleros Sog'liqni saqlash vaziri Marselo Keyrogani tanqid qildi: "Keyroga sog'liqni saqlash vaziri emas, balki harakatsizlik va sukunat vaziri. Hozir yirik xalqaro musobaqani o'tkazish - bu o'z joniga qasd qilish. U shifokor, bu haqda aytib berishi shart. U nima qildi? Hech narsa!"

Kalleros, shuningdek, Kopa Amerikani "o'lim turniri" deb atadi va futbolchilarni, ayniqsa Neymarni, yaqinlari o'lishda davom etayotgan bir paytda musobaqaning oldini olish uchun choralar ko'rishga chaqirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda "Kopa Amerikaga hozir yo'q" xeshtegi ishga tushirildi va jurnalistlar ham musobaqa o'tkazish qarorini tanqid qildilar.

"Janubiy Amerikadagi to'qqizta terma jamoani pandemiya epicentrlaridan biriga olib kelish, bu bizning kasallik yuqtirgan minglab bemorlarimizga yo'naltirilishi kerak bo'lgan mablag' va etiborni behuda sarf qilishga sabab bo'ladi. Uzr, biz, yo'q, deymiz. Kopa Amerika bu "Cova America" (Amerika maqbarasi)",- deb yozgan, jurnalist Juka Kfuri. 

"Cova America’ vakcina yoki sog'lom aqlga qaraganda ancha tezroq keladi",- dedi sobiq sog'liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandetta (2020 yil aprel oyida Bolsonaru bilan virusning oldini olish choralari to'g'risida bahslashgandan so'ng ishdan bo'shatilgan). 

Futbolchilar nima deydi?

Braziliya terma jamoasi futbolchilari ham mamlakatda Amerika kubogini koronavirus bilan bog'liq vaziyatda o'tkazish qaroridan norozi. Globo’ning so'zlariga ko'ra, jamoa etakchilari bir-birlariga, shuningdek, bosh murabbiy Titega shubha bildirishgan hamda Braziliya futbol konfederaciyasi prezidenti Rojerio Kaboklo bilan uchrashib musobaqada ishtirok etishdan bosh tortishni muhokama qilishmoqchi.

Turnirni Braziliyaga berish to'g'risida qaror qabul qilinganidan so'ng, terma jamoaning biron bir o'yinchisi siyosiy mavzuda hech qanday izoh bermadi. Terma sardori Kazemiro esa, hatto majburiy matbuot anjumaniga kelishdan bosh tordi. 

"Uning bunga sabablari bor edi. Men futbolchilardan gapirmasliklarini so'radim. Fursat kelganda ular gapirishadi",- deya javob berdi Tite "Real Madrid" yarim himoyachisining yo'qligi to'g'risidagi savolga javoban.

Braziliyaliklar nega Amerika kubogiga qarshi?

Braziliyada har kuni koronavirus bilan bog'liq 60 mingdan ortiq holat qayd etiladi. Lotin Amerikasi mamlakati umumiy holatlar soni bo'yicha AQSH va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi, shu bilan birga bu davlatlarning aholisi juda ko'p. O'lim holatlari ham sezilarli darajada.

SHu bilan birga, Braziliyadagi kasallanish va o'lim ko'rsatkichlari solishtirilsa, hozirgi kunda pandemiya holati eng yomon ahvolga tushib qolgani aniq: kunlik ko'rsatkich bo'yicha har 60 ming bemorga 2-3 mingta o'lim holati to'g'ri keladi.

"Bu haqiqiy jinnilik. Go'yo Rim Imperatori Neyronning Kolizeyda yong'inni nishonlash uchun musobaqa tashkil etganidek", - deydi o'z vatani Braziliyada kovid tarqalishini tahlil qilayotgan amerikalik nevrolog olim Migel Nikollis NYT nashriga bergan izohida.

Sodir bo'layotgan voqealar norozilik holatlari bilan birga keladi, chunki koronavirus iqtisodiyotning zaiflashishiga, ishsizlikka olib keldi. Buning natijasida oddiy xalq vakillari, albatta, aziyat chekishadi.

Hukumat nima deydi?

Braziliya hukumatining rasmiylari ikki narsani iddao qilmoqda: 

Birinchidan, Braziliya chempionati endi butun mamlakat bo'ylab o'tkazilmoqda va hech qanday muammo yo'q. 

Ikkinchidan, musobaqa tomoshabinlarsiz o'tkazilgandan buyon delegaciyalar soni ham sezilarli darajada qisqartirildi: jamoalar atigi 65 kishidan (shu jumladan futbolchilar va murabbiylarni) iborat bo'lishi mumkin.

"Bu masala allaqachon hal qilingan",- dedi Bolsonaru.

Musobaqa so'nggi bor 2019 yil aynan Braziliyada o'tkazilgan va mezbonlar chempionlikka erishgan edilar. SHundan so'ng, 2020 yildan boshlab har 4 yilda bir marotaba tashkil etilishi kerak edi. Kolumbiya mezbonlik qilishi kerak bo'lgan turnir katta ehtimol bilan bu yil ham nomalum muddatga qoldirilsa kerak. 

Evropa chempionatiga raqobat qila oladigan yagona musobaqaning taqdiri so'roq ostida...

Humoyun Oripov tarjimasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика