“Brayton”ning yangi ustozi: “Gvardiola menga yordam berishga tayyorligini aytdi”
21 sen 2022 08:40
Yangiliklar
“Brayton”ning yangi ustozi: “Gvardiola menga yordam berishga tayyorligini aytdi”
Roberto De Zerbi “Brayton” bosh murabbiyiga aylanganidan keyin Pep Gvardiola bilan bo'lgan suhbati haqida gapirdi.
“Ha, u bilan yakshanba kuni kechki payt gaplashdim. U jamoa boshqaruviga kelganimdan juda xursand. U menga klub haqida juda yaxshi gaplarni aytdi, u menga yordam berishdan xursand bo'lishini bildirdi, albatta, agarda gap “Manchester Siti”ga qarshi o'yinimiz haqida bo'lmasa!
“Brayton” esa meni haqiqatan murabbiy etib tayinlashni istadi va ularning uslubi futbol haqidagi tasavvurimga juda yaqin. Albatta, boshqa klublar ham menga qiziqishgandi, lekin aynan shu klubga kelganimdan baxtiyorman”, degan italiyalik mutaxassis.
Fikrlar