"Brayton"da ijara asosida o'ynayotgan Ansu Fatining maqsadlari qanday?
28 apr 00:57
Yangiliklar
"Brayton"da ijara asosida o'ynayotgan Ansu Fatining maqsadlari qanday?
Ansu Fati "Barselona"da qolishga umid qilmoqda.
21 yoshli vinger joriy mavsumni ijara asosida "Brayton"da o'tkazmoqda.
Futbolchi o'z klubi ixtiyoriga qaytmoqchi va asosiy tarkibdan o'rin egallamoqchi. U mavsum oldi jarayonida Xavini "ko'k-anorranglilar"ga foydasi tegishiga ishontirmoqchi.
Ansu 2024/25 yilgi mavsum uning uchun "Barselona"dagi eng yaxshisi bo'lishiga ishonmoqda. Qayd etish kerakki, o'yinchi butun yuragi bilan klubni qo'llab-quvvatlaydi va o'tgan yozda kataloniyaliklarga qarshi o'ynamaslik uchun "Sevilya"ga o'tishni rad etdi.
Oldinroq, "Barsa"ning vingerga ishonch bildirmayotgani xabar qilingan edi.
Fati "Brayton" tarkibida 25ta o'yinda 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar