“Brayton” ustozi Jaxonbahsh haqida: “U o'z imkoniyatini uzoq kutdi”
01 jan 2020 21:19
Yangiliklar


“Brayton” ustozi Jaxonbahsh haqida: “U o'z imkoniyatini uzoq kutdi”
Angliya chempionati 21 turi doirasidagi “Brayton” – “CHelsi” (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Grem Potter so'nggi ikki o'yin qahramoni Alirizo Jahonbaxsh haqida o'z fikrlaini bildirdi.
Eronlik hujumchi bugun zaxiradan maydonga tushib, “aristokratlar” darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etgan bo'lsa, o'tgan tur “Bornmut”ga gol urib, jamoasining g'alabasiga (2:0) katta hissa qo'shgandi.
“Jahonbaxsh? Hamma undan mamnun. U uzoq mehnat qildi va o'z imkoniyatini kutayotgan edi. Zaxiradan maydonga tushib, bunday zarba berish shunchaki ajoyib. Bu yigitda insonlarni tushuna olish qobiliyat bor”, – deydi Potter.
Avvalroq, 26 yoshli forvardning APLda gol urgan uchinchi eronlik futbolchiga aylangani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar