“Brayton” Ukrainani qo'llab-quvvatlash maqsadida bo'lajak o'yinda sariq-ko'k formada o'ynaydi
02 mar 2022 09:45
Yangiliklar
“Brayton” Ukrainani qo'llab-quvvatlash maqsadida bo'lajak o'yinda sariq-ko'k formada o'ynaydi
Ukrainani qo'llab-quvvatlash belgisi sifatida “Brayton” erkaklar va ayollar jamoalari yaqinlashayotgan o'yinlarda sariq va ko'k rangli libosda maydonga tushishadi.
“Barcha kabi biz ham Ukrainadagi holatdan hayratdamiz va tinchlik tarafdorimiz. SHuningdek, ukrainaliklarni to'liq qo'llab-quvvatlashimizni bildirmoqchimiz”, deya bayonot bergan klub ijrochi direktori Pol Barber.
Eslatib o'tamiz, “Brayton” APL 28-turi doirasida 6 mart kuni safarda “Nyukasl”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar