"Brayton" 35 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi
24 avg 2021 16:28
Yangiliklar
"Brayton" 35 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi
"Benfika" hujumchisi Darvin Nunesga "Brayton" qiziqmoqda.
Jurnalist Nikolo Skira xabar berishicha, angliyaliklar o'yinchi uchun 35 million evro taklif qilishdi va 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tayyorlashdi.
Darvin Nunes "Benfika"da 2020 yildan beri o'ynamoqda, u jamoaga "Almeriya"dan 24 million evro evaziga o'tgandi.
Urugvaylik futbolchi Lissabon jamoasida 45ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 12ta assist qayd etdi. Uning "Benfika" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar