Branko Ivankovich: "Persepolis" OCHL finaligacha bora oladi"
13 mar 2018 14:33
Yangiliklar
Branko Ivankovich: "Persepolis" OCHL finaligacha bora oladi"
Eronning "Persepolis" klubi bosh murabbiyi Branko Ivankovich jamoasining OCHLdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
Xorvatiyalik murabbiyning aytishicha, uning jamoasi bu mavsum OCHL finaligacha bora oladi:
- "Osiyo chempionlar ligasida kuchli jamoalar ko'p va biz ham shular qatoridamiz. Biz istalgan raqibni mag'lub etishimiz mumkin. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yurishini bilamiz, lekin bu ham bizni o'z maqsadimizdan qaytara olmaydi. Qolaversa, "Persepolis" o'tgan yilga nisbatan ancha kuchaydi. Avvalgi mavsumda yarim finalgacha borgandik, lekin bu yil finalgacha bora olamiz".
Eslatib o'tamiz, bugun "Persepolis" safarda "Al Vasl"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bizning vaqt bilan 20:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar