Braim Dias: "Milanda baxtliman, o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishda davom etmoqchiman"
30 okt 2020 11:07
Yangiliklar


Braim Dias: "Milanda baxtliman, o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatishda davom etmoqchiman"
"Milan"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" yarim himoyachisi Braim Dias Evropa Ligasi doirasidagi "Sparta"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ispaniyalik futbolchi ushbu o'yinda gol urdi va "rossonerilar"ning 3:0 hisobidagi g'alabasiga yordam berdi.
"Biz jamoa sifatida juda yaxshi natijalar qayd etmoqdamiz va shu ruhda davom etishni xohlayman. Zlatan? U menga akamdek va menga ko'plab maslahatlar beradi. Jahon darajasidagi o'yinchining maslahatlari doim foydali va qadrli.
O'zimning eng yaxshi o'yinimni bunday buyuk klubda davom ettirishni xohlayman. Men bu erda juda ham baxtliman. Endi o'z darajamga ko'proq mos kelyapman deb o'ylayman. Gol urganimdan xursandman", - deydi Dias.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar