So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  5 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Boyan Miladinovich: “O'zbekistonda “Paxtakor”dan boshqa jamoa sharafini himoya qilmayman” Yangiliklar

Boyan Miladinovich: “O'zbekistonda “Paxtakor”dan boshqa jamoa sharafini himoya qilmayman”

Bir vaqtlar Toshkentning “Paxtakor” jamoasida serbiyalik Boyan Miladinovich uzoq muddat faoliyat olib borganidan barchaning xabari bor.

Boyan “sherlar” safida olti yil faoliyat olib borgan. Serbiyalik himoyachi 2014 yili “Paxtakor” jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etganidan so'ng, Malayziyaning “Felda Yunayted” jamoasiga ko'chib o'tgan va  u erda bir yil faoliyat olib borgan. 2016 yili Boyan vataniga qaytgan va “Napredak” jamoasida 2016 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Biz “Paxtakor” jamoasining sobiq futbolchisi Boyan Miladinovich bilan bog'lanib “sherlar” tarkibida o'tkazgan damlari va faoliyati borasida suhbatlashdik.

Assalomu aleykum, Boyan ishlaringiz yaxshimi?

- Vaaleykum assalom, rahmat yaxshi, ayni damda “Napredak” jamoasi safida mashg'ulot o'tkazyapman.

“Napredak” jamoasi haqida gapirib bersangiz?

- "Napredak” jamoasi Serbiya chempionatining Superligasida ishtirok etadi.  Men futbolchlik faoliyatimni mana shu klubda boshlaganman. Faoliyatimni aynan “Napredak”da yakunlashni xohlayman.

“Paxtakor”ni sog'indingizmi?

- Albatta sog'indim. Men “Paxtakor” jamoasi sharafini olti yil himoya qildim. Futbolchiligimdagi eng yorqin damlarim “Paxtakor” bilan o'tgan.


“Paxtakor” jamoasidagi faoliyatingiz hamon yodingizda bo'lsa kerak?

- “Paxtakor” klubi boy tarixga ega bo'lgan O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Men u “sherlar” tarkibida birinchi legioner sardor bo'lganman. Har doyim “Paxtakor” va O'zbekistonni eslayman. Vataningiz mening ikkinchi uyim bo'lib qolgan. Nasib qilsa albatta O'zbekistonga qaytaman. Futboldagi faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng, murabbiy bo'lmoqchiman. Nasib qilsa kelajakda “Paxtakor”da ishlashni istayman.

“Paxtakor” haqidagi yangiliklarni kuzatib boryapsizmi?

- Albatta, kuzatib boryapman. “Paxtakor” o'sib borayotganidan xursandman. Bu yil “sherlar” chempion bo'lishini va kelasi yili OCHL musobaqasida omadli ishtirok etishni tilab qolaman. Hozir “Paxtakor”ga yangi rahbariyat kelgan. Yangi rahbarlar “Paxtakor”ni rivojlantirishmoqda va “sherlar”ni Osiyoda eng kuchli jamoa qilib shaklllantirishga harakat qilishmoqda.

Ayni damda “Paxtakor”da SHota Arveladze bosh murabbiy bo'lib ishlamoqda. Arveladze haqida nimalarni bilasiz?

- Arveladze juda ham yaxshi mutaxassisligini bilaman. SHota Arveladze o'z vaqtida kuchli futbolchi bo'lgan. Murabbiylik sohasida ham yaxshi natijalarni ko'rsatmoqda. SHota Arveladze “Paxtakor”ni yaxshi darajaga olib chiqadi.

Bilamizki siz “Paxtakor” bilan OCHL musobaqasida ko'p bor ishtirok etgansiz. Bu yil “Paxtakor”  OCHL guruh bosqichiga chiqa olmadi. Bunga qanday fikr bildira olasiz?

- “Paxtakor” safida OCHL musobaqasida ko'p bor ishtirok etganman. Men bundan faxrlanaman. “Paxtakor” OCHL guruh bosqichiga chiqa olmaganini eshitdim. O'sha o'yinda sobiq jamoamni shunchaki omadi kelmadi. OCHL musobaqasidagi har bir uchrashuv qiyin, safardagi o'yinlar undan ham qiyinroq. Meni fikrimcha, OFK bunday tizimni o'zgartirishi kerak. Pley-off bosqichini ikkita o'yindan iborat qilib qo'yishi kerak. Yani uy va safar uchrashuvlari. “Paxtakor”ning juda ham zo'r muxlislari bor. Muxlislar “sherlar”ning o'n ikkinchi o'yinchisi bo'lib qo'llab-quvvatlab turishadi. Uyda o'ynagan jamoa uchun har doim oson bo'ladi. Bu yil OCHLda “Paxtakor”ga omad kelmadi. Lekin kelasi yili OCHL musobaqasi guruh bosqichida O'zbekiston chempioni bo'lib ishtirok etishadi. Men bunga ishonaman va ularga omad tilayman.


O'tgan yili Aleksandr Volkov “Navbahor” bosh murabbiy bo'lgandi va sizni jamoaga taklif qilgandi. Nima uchun transfer amalga oshmay qolgandi?

- Ha, Aleksandr Volkov meni “Navbahor”ga taklif qilgandi. Volkov ajoyib inson va yaxshi murabbiy. U “Navbahor”ga bosh murabbiy bo'lganida meni jamoaga taklif qilgandi. Lekin men o'z oilam bilan vatanimda qolishni maqul ko'rdim va shartnomani qabul qilmadim. Eng asosiysi oilamni Serbiyada yolg'iz qoldirishni istamadim. Meni jamoaga taklif qilgani uchun Aleksandr Volkovga rahmat aytaman.

Tasavvur qiling, agarda sizga “Bunyodkor” yoki “Lokomotiv” jamoasidan taklif bo'lsa, qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?

- Yo'q. Men O'zbekistonda faqat “Paxtakor” sharafini himoya qilishim mumkin. “Paxtakor” jamoasi safida faoliyat olib borgan paytimda, O'zbekistonning boshqa jamoalaridan takliflar bo'lgan. Men takliflarni qabul qilmaganman va “Paxtakor”dan ketishni istamaganman. 2014 yili “Paxtakor”dagi so'ngi mavsumim bo'lgan. SHu yili, O'zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo'ldim va klub rahbariyati jamoada qolishimni xohlagandi. Lekin, menga Malayziya chempionatida ishtirok etuvchi “Felda Yunayted” jamoasidan yaxshi taklif bo'ldi. SHunday qilib “Felda Yunayted” bilan bir yillik shartnoma imzoladim. Serbiyaga qaytib borib, oilam bilan birga bo'lishni juda ham istardim.


“Paxtakor” safidagi ilk o'yiningizni eslay olasizmi?

- Albatta, eslay olaman. “Paxtakor” safidagi ilk uchrashuvimni Toshkentda “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazganman. Ushbu bahsda raqiblar darvozasini ishg'ol qilganman. “Paxtakor” safidagi debyut uchrashuvimda gol urganimdan juda ham xursand bo'lganman. Ushbu o'yinda biz 3:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. Bu bahs 2009 yili bo'lib o'tgandi.

“Paxtakor” jamoasida qancha maosh olganingizni ayta olasizmi, agarda sir bo'lmasa?

- Har yili har xil maosh olardim. Men olayotgan maoshimdan qoniqish hosil qilganman. Qancha maosh olganimni esa ayta olmayman. Futbolchilar qancha maosh olishlarini sir tutishini mendan ko'ra yaxshiroq bilasiz (kulib).

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'ynash istagingiz borligini OAVda aytgandingiz. Nima uchun niyatingiz amalga oshmay qolgan?

- Ha, men O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'ynamoqchi bo'lganman. O'shanda niyatim amalga oshmay qolgandi. O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borishim uchun men O'zbekiston fuqaroligini olishim kerakligini aytishgandi. Terma jamoada o'ynashim uchun FIFA vataningizda 5 yil futbol o'ynashim kerakligini va shundagina O'zbekiston terma jamoasida o'ynay olishimni aytgandi. Afsuski bunday bo'lmadi. Bu hayotimdagi eng afsuslanarli holat bo'lgan. Bunday bo'lmaganidan har doim afsuslanaman.


O'zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lganidan xabaringiz bormi?

- Kapadzeeeeeee? Bu quvonarli holat-ku! Kapadze juda ham ajoyib inson. Men u bilan iliq munosabatdaman. O'zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lganidan xursandman. Kapadzening ishlarida omad va zafarlar tilab qolaman. Keyingi safar O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga borishini tilab qolaman.

Futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng murabbiy bo'lishingizni aytib o'tdingiz. Murabbiylik licenziyasini oldingizmi?

- Albatta, hozircha menda “B” licenziyasi bor. “A” va “PRO”licenziyalarini qo'lga kiritish uchun sekin-asta ishlashda davom etaman. Oradan 2-3 yil o'tgach bu ishni amalga oshiraman.

Hozir ham eski jamoadoshlaringiz bilan suhbatlashib turasizmi?

- Albatta, suhbatlashib turaman. Sobiq jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman. Biz har doim aloqadamiz. Misol uchun, Odil Ahmedov, Farhod va Kamoliddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Stanislav Andreev, Kaxi Maxaradze, Ignatiy Nesterov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Aleksandr Geynrix, Akbar Ismatullaev, Aleksandr Merzlyakov, Bahodir Pardaev va Dilshod SHarofetdinov bilan doim suhbatlashib turamiz. Ular mening do'stlarim, akalarim va ikkinchi oilam bo'lib bo'lib qolishgan.

“Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvlar yodingizda bo'lsa kerak?

- “Bunyodkor”ga qarshi har doim kuchli o'yin bo'lgan. O'sha paytlar “Bunyodkor” tarkibida Rivaldo, Jeparov, Kapadze, Xayrulla Karimov va bir qator kuchli futbolchilar to'p tepishardi. Birinchi derbida biz 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz. Ikkinchi derbida esa O'zbekiston kubogi final bosqichida to'qnash kelganmiz. O'shanda barcha “Paxtakor” mag'lubiyatga uchraydi, deb o'ylagandi. Lekin, biz “qaldirg'ochlar”ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganmiz va bosh sovrinni qo'lga kiritganmiz. Bu voqea 2009 yili sodir bo'lgandi. O'shanda “Bunyodkor”ni Luiz Felipe Skolari boshqarardi. “Bunyodkor”ga qarshi har safar shiddatli jang bo'lardi.

- Palovni sog'indingizmi?

- Albatta, sog'indim. Oxirgi bor 2014 yili tanavvul qilganman. Palov menga juda ham yoqadi, palovni juda ham sog'indim.

- Palov tayyorlashni o'rganganmisiz?

- Yo'q, palov tayyorlashni bilmayman. Bu shunchaki oson ish emas.

- Agarda palov tanavvul qilgingiz kelsa nima qilasiz?

- Bu juda oddiy. SHunchaki guruchni qaynataman, qo'y go'shtini qovurib ikkalasini aralashtiramanda palov deb tasavvur qilib tanavvul qilaveraman (kulib). Umid qilamanki, tez orada O'zbekistonga borib u erda to'yib palov istemol qilaman.

- Qachon O'zbekistonga kelasiz?

- Menimcha shu yilning oxirida. Noyabr yoki dekabr oylarida borsam kerak.

- Siz uchun faoliyatingizda eng yaxshi jamoa qaysi?

- “Paxtakor”, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.

- Faoliyatingizni qachon yakunlashni rejalashtiryapsiz?

- Uzog'i bilan yana bir yarim yil futbol o'ynasam kerak. SHundan so'ng butsalarimni mixga ilaman.

- “Paxtakor” jamoasi bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazish haqida o'ylamayapsizmi?

- Bilmayman, bu haqida o'ylab ham ko'rmadim. O'ylaymanki xayrlashuv uchrashuvimni “Napredak” jamoasida o'tkazaman. CHunki, men futbol o'ynashni mana shu jamoada boshlaganman va shu erda yakunlayman.

- Demak, Toshkentga futbolchi sifatida tashrif buyurmas ekansizda?

- Menimcha yo'q. “Paxtakor” uchun biroz qarilik qilaman. Boshqa jamoalar safida esa faoliyat yuritishni istamayman.

- “Paxtakor” muxlislari uchun nimalar deya olasiz?

- “Paxtakor” jamoasi muxlislariga alangalik salom yo'llayman. Ular doim mening yuragimda qoladi. Meni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun katta rahmat aytaman.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi



Ushbu intervyuni championat.asia sayti tahririyati ruxsatisiz gazeta yoki jurnallar chop etishi taqiqlanadi.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика