So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  2 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

Boyan Miladinovich: Malayziyada 1 million dollar maosh oluvchi futbolchilar bor Yangiliklar

Boyan Miladinovich: Malayziyada 1 million dollar maosh oluvchi futbolchilar bor

Malumki, Boyan Miladinovich yangi mavsumda o'z salohiyatini Malayziya super-ligasiga qaytgan Felda Yunayted klubida sinab ko'radi.
Uning Paxtakor bilan shartnomasi yakuniga etgani bois, Feldaga erkin agent sifatida o'tdi. Takidlash joiz, 2009 yildan buyon Paxtakorda faoliyat olib borgan himoyachi sherlar safida jami 97ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi. Biz Boyan bilan bog'lanib, undan yangi klubiga bog'liq mavzular yuzasidan intervyu oldik. Darvoqe, Malayziya chempionati aynan bugun boshlanadi.

- Boyan, yangi muhitga moslashib oldingizmi?

- Hammasi joyida. Bu erda o'zimni uydagidek his qilyapman.

- Umuman, Malayziya chempionatiga yo'l olishingiz qanday kechdi?

- O'tgan yili noyabr oyi, aniqrog'i, O'zbekiston chempionati yakuniga etganidan so'ng Malayziyadan futbol agenti qo'ng'iroq qilib, o'zimni ushbu mamlakat birinchiligida sinab ko'rishimni tavsiya qildi. Uning aytishicha, Toshkentga jamoa murabbiyi bilan kelib, o'yinlarni tomosha qilishgan. Ular aynan markaziy himoyachiga ehtiyoj sezishgan. Lokomotiv - Paxtakor o'yinini kuzatgan malayziyaliklarga harakatlarim maqul kelgan, chog'i, rasmiy taklif bilan chiqishdi. Qisqasi, agar Malayziya chempionatida o'ynashni xohlasam, klub kutishi va shartnoma imzolashga tayyorligini aytishdi. Taklifni har tomonlama o'ylab ko'rib, rozilik berdim. CHunonchi, shartnomaning moliyaviy tomoni ham juda yaxshi edi. CHorlovga rozilik berishimda shu jihat muhim rol o'ynaganini yashirmayman. Malayziyada tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgach, shartnomaga imzo chekdim.

- Uning muddati qancha?

- Bir yil. Felda Yunayted o'tgan yili 1-ligada ishtirok etgan va yakunda 2-o'rinni egallagan holda, super-liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Jamoadagi sharoitlar, umumiy muhit maqul keldi. Tarkibimizda yuqori saviyali futbolchilar ko'p. Aytaylik, Malayziya terma jamoasida o'ynaydigan ikki nafar futbolchi bor. Etiborlisi, klub sardori Malayziya termasida ham shu maqomda. Yana bir muhim jihati, Felda o'tgan yili FA kubogi finalida o'ynagan, mamlakat kubogida esa yarim finalga etib borgan. Angliyadagi kabi Malayziyada ham 2ta kubok musobaqasi bor. Umumiy olganda, jamoaning natijalari chakki emas. SHularni inobatga olgan holda, rahbariyat jamoa oldiga bu yil chempionatda kuchli beshlikdan joy olishni vazifa qilib qo'ydi. Buning uchun imkoniyatlar etarli, deb o'ylayman.



- Jamoada sizni qanday kutib olishdi?

- Juda iliq. Malayziyaga O'zbekiston chempioni sifatida kelganimni klubda katta voqelikdek ko'rishdi. Bu erda boy tarixga ega Paxtakorni yaxshi bilishar ekan. SHunday nomdor klub safida 6 yil muvaffaqiyatli o'ynaganimni o'zaro suhbatlarda ko'p bora aytishdi. Qolaversa, OCHL bahslarida ham o'ynaganim uchun menga boshqacha munosabat bildirishyapti. Fursatdan foydalanib, Paxtakor rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va jamoa muxlislariga shuncha yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Paxtakordagi davrimni hech qachon unutmayman.

- Paxtakordan ketishingiz oson bo'lmagandir...?

- Ha..., axir bitta jamoada 6 yil o'ynash hazil gap emas. Ayniqsa, legioner uchun. O'zbekiston chempionatida bunday futbolchilar sanoqli. Yurtingizdagi faoliyatim davomida ko'plab do'stlar orttirdim. Toshkent ikkinchi vatanimga aylandi. SHunday ekan, Paxtakordan ketishni vatanni tark etishga qiyoslagan bo'lardim. Lekin bu hayot. Hozir 32 yoshdaman. Futbolchilik faoliyati cheklangan. Hamma ham butsasini mixga ilganidan keyin murabbiylik qilolmaydi. SHu bois, yaxshigina maoshni o'z ichiga olgan taklifni rad etolmadim. Buni Paxtakor rahbariyati, xususan, klub bosh menejeri Samvel Babayan to'g'ri tushundi va yangi jamoamda muvaffaqiyat tiladi.

- Oilangiz ham o'zingiz bilan birgami?

- Yo'q, hozir Serbiyada. Lekin yaqin kunlarda Kuala-Lumpurga olib kelaman.

- Qachondir o'zingiz uchun qadrdon Paxtakorga qaytishingiz mumkinmi?


- SHundan umidvorman. Futbolchi sifatidami yoki murabbiy bo'lib - buni aytolmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Har qanday holatda Paxtakor bir umr qalbimda qoladi. Futbolchilik faoliyatimning yulduzli onlari aynan Paxtakorda o'tdi. Samvel Babayan ajoyib inson va murabbiy. U o'z ishining ustasi. Mening shu darajaga etishimda Samvel Vyacheslavovichning ham hissasi katta.

- Malayziyada sobiq jamoadoshlaringiz - Farhod Tojiev, Sadriddin Abdullaev va Dilshod SHarofutdinov ham o'ynashyapti. Ular bilan ko'rishib turibsizmi?

- SHarofutdinov bilan deyarli har kuni telefon orqali gaplashamiz. Farhod va Sadriddin esa Malayziya 1-ligasi klubi bilan shartnoma imzolashgan. Ular yashayotgan shahar Kuala-Lumpurdan uzoqroqda. Samolyotda 45 daqiqalik yo'l. Balki kubok bahslarida ularning jamoasi bilan to'qnash kelib qolarmiz...

- Boyan, Malayziya chempionatida to'p surayotgan legionerlar qancha maosh olishar ekan?

- Keling, bu savolingizga javob bermay. Lekin sharoitlar ancha yaxshi.

- Terma jamoamizga nomzod futbolchilarning Malayziya 1-ligasi klubi taklifini qabul qilishgani ko'pchilik muxlislar uchun tushunarsiz. Demak, maosh katta bo'lsa kerak...

- Ochig'ini aytsam, aniq summani bilmayman. Taxminimcha, o'rtamiyona legionerlar oyiga kamida 20 ming dollar olishadi. Malayziya chempionatidagi eng boy klub - bu mamlakatning amaldagi chempioni. Yodingizda bo'lsa, bu klub Osiyo kubogi-2015 arafasida O'zbekiston milliy jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uning etakchi legionerlari yiliga bir million dollar miqdorida maosh olishadi. Aytgancha, O'zbekiston termasi bilan Sidney shahrida kechgan uchrashuvda Malayziya chempionining legionerlari maydonga tushishmagandi.

- Jamoaning mashg'ulotlari qanday davom etyapti?

- Hammasi reja asosida. 7 fevral kuni oliy liga bahslari start oladi. Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichlaridan biri BAAda o'tkazildi. Dubay shahrida 10 kunlik o'quv-mashg'ulotlar yig'ini tashkil etildi. Uning doirasida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi esa Indoneziyada olib borildi.

- Felda tarkibida sizdan boshqa legionerlar ham bormi?


- Ha, yana 3 nafar - ikkisi Liberiya, yana biri Avstraliya fuqarosi.



- Jamoa bazasi, stadioni qanday taassurot qoldirdi?

- Stadionimiz mo'jazgina - 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Aytishlaricha, iyul oyida jamoaning yangi bunyod etilayotgan stadioni foydalanishga topshiriladi. U o'z bag'riga 40 ming muxlisni sig'diradi.

- Bosh murabbiy haqida qanday fikrdasiz?

- Feldani mahalliy murabbiy boshqaradi. Uning tajribali va bilimi katta mutaxassis ekanligi ko'rinib turibdi. Asosiysi, o'zaro tezda chiqishib ketdik.

- Qaysi raqam ostida o'ynaydigan bo'ldingiz?

- Paxtakordagi kabi 4-raqamni tanladim. Baxtimga u bo'sh ekan. Butun faoliyatim davomida aynan shu raqam ostida o'ynaganman.

- Feysbuk ijtimoiy tarmog'iga qo'ygan suratlaringiz orasida yuk mashinasiga chiqindilarni ortayotgan holatingiz aks etgani ham bor edi. Ochig'i, buni tushunmadik.

- Malayziyada yog'ingarchilik mavsumida kuchli yomg'ir tinmaydi. Yaqinda shunday holat yuz berdi. Bundan ayrim aholi punktlari kattagina talofat ko'rdi. SHunda klub rahbariyati zarar etgan xonadon egalariga yordam berishimizni so'radi. Buni hammamiz mamnuniyat bilan qabul qildik. Suratlarda tabiiy ofat qoldirgan asoratlar, yani chiqindilarni yuk mashinasiga ortayotgan holatimiz aks etgan.

- Til masalasida qiynalmayapsizmi?

- Yo'q. Ingliz tilida gaplashyapmiz. Bosh murabbiy ham, mahalliy futbolchilar ham bu tilni bilishadi.

- Jamoa o'z oldiga qo'ygan vazifani bajarishga qodirmi?

- Oliy liga debyutantidan ilk mavsumdayoq yorqin o'yin kutish biroz noto'g'ri. Lekin jamoaning o'tgan yilgi o'yinlarini ko'rib chiqdim, ular menda iliq taassurot qoldirdi. Qisqasi, Felda bemalol raqobatga kirisha oladi. Boya aytganimdek, klub rahbariyati kamida kuchli beshlikdan joy olishimiz kerakligini takidlayapti. SHuningdek, 2ta kubok musobaqasidan birida zafar quchishimiz shart.

- Hozir qaerda yashayapsiz?

- Alohida 4 xonali kvartira berishdi. CHempionat boshlanishi arafasida rafiqam va farzandlarimni ham chaqirtirib olaman. Darvoqe, klub menga Honda rusumli mashinani ham taqdim etdi. SHunday ekan, nolishga aslo haqqim yo'q. Hammasi o'ylaganimdan ham yaxshi.

- Paxtakor tez orada OCHL-2015da o'z ishtirokini boshlaydi. Qolaversa, chempionlik maqomini himoya qilishga kirishadi. Sobiq jamoadoshlaringizga tilaklaringiz...


- CHempion bo'lishdan uni himoya qilish qiyin. O'tgan yili ajoyib mavsum o'tkazdik. CHempionat boshlanishi oldidan ko'pchilik Lokomotivning g'olib chiqishini taxmin qilgandi. Biz kuchli ishtiyoq evaziga amalga oshirilishi qiyin vazifani uddaladik. Ayniqsa, Lokomotivga qarshi o'tkazgan uchrashuvni alohida takidlardim. Aynan shu o'yin chempion nomini aniqlab berdi. Unga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Mag'lubiyatga uchrasak, chempionlikdan umid uzishimiz deyarli aniq edi. Buni barchamiz yaxshi tushunib turgandik. O'zbekiston kubogi turnirini erta tark etganimiz uchun faqat chempionlikka erishish orqali OCHLdagi ishtirokni taminlashimiz mumkin edi. Amalda shunday bo'ldi. Kuchli raqibni uning maydonida mag'lubiyatga uchratdik.



- Eng qiyin o'yin ham shu bo'ldimi?

- CHempionlik masalasini hal etib bergani nuqtai nazaridan, shunday. Lekin chempionatning qolgan o'yinlari ham oson kechmadi. Ayniqsa, mavsumning birinchi davrasida raqiblarni kichik hisobda mag'lub etganimiz muxlislarda biroz xavotir uyg'otgani bor gap. Ikkinchi davrada esa barchasi o'z joyiga tushdi. Maqsadga qanchalik yaqin borganimiz sari o'yinimizni kuchaytirdik. Keyin Paxtakor qanday holatda bo'lmasin, raqiblar unga qarshi alohida tayyorgarlik bilan maydonga tushishadi.

- Yaqin kunlarda O'zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlanadi. SHaxsan siz kimlarga ovoz bergan bo'lardingiz?


- Kuni kecha internetda o'qidim, ham murabbiylar, ham futbolchilarning kuchli uchligi aniqlanibdi. Futbolchilardan Jamshid Iskanderov, Odil Ahmedov hamda Vitaliy Denisov davogarlik qilishayotgan ekan. O'ylashimcha, ularning har biri laureat bo'lishga haqli. Lekin sovrin bitta. Agar eng yaxshi futbolchi milliy chempionatda ko'rsatilgan o'yinlarga qarab aniqlansa, bu maqomga shubhasiz, Iskanderovni loyiq ko'rardim. Denisov va Ahmedov ham o'z klublarida yaxshi o'yin namoyish etishdi. Lekin mening tanlovim - Jamshid Iskanderov. Murabbiylarga kelsak, hech ikkilanishsiz, Samvel Babayanni tilga olaman. CHunonchi, u murakkab sharoitda jamoani chempionlik shohsupasiga olib chiqdi. Lekin qolgan davogarlarga ham hurmatim baland. Bilishimcha, yil laureatlarini jurnalistlar aniqlashadi. Bu to'g'ri qaror. Butun dunyoda hammasini aynan OAV xodimlari ovozlari hal qiladi.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика