So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Boxing day: Rojdestvo kimga qanday sovg'a tayyorladi ekan? Yangiliklar

Boxing day: Rojdestvo kimga qanday sovg'a tayyorladi ekan?

Qadimdan Angliyada shunday odat bor: Rojdestvo bayramidan keyingi kun uy xizmatkorlari, turli sohalarda mehnat qiladigan hodimlar o'z xo'jayinlari, uy sohiblaridan sovg'alar qabul qilib olishadi. Sovg'alar esa chiroyli qutichalarda taqdim qilinganidan bu kunni “Boxing day” ( ing. box - quti, “karobka”), deb atashadi.
Bugunga kelib ushbu o'ziga xos oldi-berdi marosimiga butun mamlakat bo'ylab amal qilinadi. Birgina farqi hozir sohib xizmatkorga emas, hamma bir-biriga, yaqinlariga sovg'alar ulashadi. Kalendarning qizil bilan belgilangan kunlaridan biri bo'lgan 26 dekabrda, butun Angliya dam oladi. Barcha soha vakillari... deyarli barcha. Ha, aynan shunday.




Dam olmaydigan sohalar vakillari - qolganlarga ko'ngilli hordiqni tashkillashtirish bilan band bo'ladiganlardir. Futbol esa aynan shu vazifani bajaradi o'z vatanida.

Demak, yangi yil arafasidagi APL taqdim etadigan “yangi yil sovg'asi”ning eng “shirin” joylari haqida gaplashamiz.

Tim SHervud - superqahramon rolida

Tim SHervudning “Tottenxem” bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yinlari, uning aslo qo'rqoq emasligi va tavakkalchilik uning hayotiy principlaridan biri ekanini ko'rsatib berdi. O'zingiz baho bering: “Sautgempton”ga qarshi o'yinda u 4-4-2 ko'rinishidagi, tayanch yarim himoyachisiz hujumkor taktika tanladi va Adebayorni yana maydonga qaytardi. Timning har ikki qarori ham o'zini oqladi. Agar SHervud mana shu yangi yil arafasidagi qiyin palladan minimal darajadagi yo'qotishlar bilan chiqa olsa, u “Tottenxem” uchun mavsumni qutqarib berishi va superqahramonga aylanishi mumkin.

Peshqadamlarga yaqinlashish yo'lidagi “MYU”

SHu oy boshida ham “MYU”ni bu mavsumda kuchli to'rtlikdan o'rin olishi juda shubhali ko'rinayotgandi. CHunki “Yunayted” peshqadamdan 13 ochkoga ortda qolib ketayotgan edi. Ammo oy so'nggiga qadar Moyes shogirdlari bir nechta ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritib, g'oliblik ruhiyatini qaytardi va etakchilarga yaqinlashib oldi. Manchesterliklar turnir jadvalida yuqorilashda davom etishlarini tahmin qilish uchun etarlicha asoslar bor. Birinchidan, tarkibga Maykl Kerrik qaytmoqda. Ikkinchidan, Antonio Valensiya va Eshli Yang yuqori formasini tiklagandek taassurot qoldiryapti. Uchinchidan, “Yunayted” uchun taqvimning ushbu pallasi qolgan grand klublarnikiga nisbatan ancha osonroq. To'rtinchidan, asosiy raqiblarning taqvimi murakaab va boz ustiga ularning o'zaro o'yinlari ham bor.



 “Suonsi”da muammolar

So'nggi paytlarda uelsliklar boshiga yangidan yangi muammolar yog'ilishda davom etmoqda. Avvaliga Mixel Vorm (asosiy darvozabon) jarohatlandi va bir oy mobaynida jamoasiga yordam bera olmasligi malum bo'ldi. Keyin ikki oyga Natan Dayer (jamoa etakchilaridan biri) safdan chiqdi. Yaqinda esa jamoaning asosiy yulduzi, ispaniyalik Michu jarrohlik stoliga yotishi lozimligi aniq bo'ldi. Bundan yomonroq biror nima o'ylab topish mumkin emasdek, go'yo. Lekin buning ham ilojisi bor ekan. “Suonsi” taqvimiga nazar solamiz: “CHelsi”, “Siti” va ketma-ket ikki bora “Man Yunayted” bilan o'yin. SHuning uchun, mavsumning ikkinchi yarmida bu klubni jadvalning quyi qismlaridan topsangiz, hayron bo'lmang.

Jo Xartning qaytishi

Jo Xart nihoyat, “Manchester Siti” asosiy tarkibiga qaytarildi. Qaytgan onidayoq “Fulxem” bilan o'yinda yaxshi taassurot qoldirdi. Endi Angliya terma jamoasi darvozaboni Manuel Pellegriniga hammasi joyida ekani va ishonch bilan darvozani qo'riqlashga tayyorligini isbotlashi kerak. “Man Siti” tarkibida ushbu bayram onidagi o'yinlarni yaxshi o'tkazish hammadan ham Jo uchun muhimroq bo'lsa kerak.

“Liverpul” - sovringa davogar?

Brendon Rojers hanuzgacha jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini muhokama qilishni istamayapti. Uni tushunish mumkin. U tarkibning zahira o'rindig'i u qadar uzun va ishonchli emasligi, oldinda jiddiy raqiblar kutib turganini yaxshi tushunib turibdi. Biroq “qizillar” tarkibida Luis Suaresdek futbolchi bor. Ayni damda Angliya chempionatida undan kuchliroq futbolchini topish qiyin. Nima bo'lgan taqdirda ham, “Liverpul”ning “Siti” va “CHelsi”ga qarshi kechajak ikki o'yini jamoaning sovrin uchun qanchalik jiddiy davo qilayotganiga baho berish imkonini beradi.



“Villa” uchun bu safar bayram qanday o'tadi?

O'tgan yili birmengemliklar yangi yilni shunday kutib olishganki, uni hatto eng yomon dushmaningizga ham ravo ko'rolmaysiz. Pol Lambert jamoasi o'shanda “CHelsi”ga 0:8 hisobida mag'lub bo'lgan, “boxing day”dagi uch o'yin natijasiga ko'ra gollar nisbati minus 15ga teng bo'lgan.  Bu safar ular “bayram”ni avvalroq boshlab yuborishdi. Ularning hisobida ketma-ket uchta mag'lubiyat bor. Muxlislari uchun to'yni azaga aylantirmaslikni istasa, klub bir amallab o'tgan yilgi scenariy takrorlanmasligiga urinishi kerak, hech bo'lmasa.

“Mourino” va uning “CHelsi”si


Yaqinda Arsen Venger o'z intervyularidan birida to'g'ri gapni aytdi: “Modomiki, g'alaba qozona olmas ekansan, hech bo'lmasa mag'lub ham bo'lma”. Joze va Arsen o'rtasidagi munosabatlari “Romeo va Juletta”dagi Motekki va Kapulettalar oilalarini eslatsa-da, “CHelsi” murabbiyi mana shu principni o'z jamoasiga mana shu tig'iz pallada qo'llasa, zarar qilmagan bo'lardi. CHunki, jamoa uchun mavsumning bu qismi oson bo'lmaydiganga o'xshayapti. London “aristokratlar”i “Suonsi”, “Liverpul” va mehmonda “Sautgempton”ga qarshi to'p tepishi lozim bo'ladi. Agar Mourino peshqadamlardan ko'p ham ortda qolishni istamasa, jamoasi imkon qadar etiborliroq va ehtiyotkorroq harakat qilishiga to'g'ri keladi.



“Arsenal” o'ziga kelib olmasa bo'lmaydi

“Arsenal”ning barcha turnirlardagi g'alabasiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi. Biroq Venger jamoasi ko'rsatayotgan o'yin saviyasi pastlab qolgani yo'q. Biroq, baribir bu qoqilishlar “kanonirlar”ning boshqa raqiblaridan ustunligini yo'qqa chiqishi uchun etarli bo'ldi va hozir ular etakchilikni “Liverpul” bilan bo'lishishlariga to'g'ri kelyapti. Endi esa “Arsenal” uchun qaytish vaqti keldi. “Vest Xem”, “Nyukasl” va “Kardiff”ga qarshi o'yinlar esa bunga imkon beradi, nazarimizda.

P.S. Quyida kelasi uch tur o'yinlari bilan tanishing

18-tur
26 dekabr
17:45    Xall Siti - Manchester Yunayted
20:00    Aston Villa - Kristal Pelas
20:00    Kardiff Siti - Sautgempton
20:00    CHelsi - Suonsi Siti
20:00    Everton - Sanderlend
20:00    Nyukasl Yunayted - Stok Siti
20:00    Norvich Siti - Fulxem
20:00    Tottenxem Xotspur - Vest Bromvich Albion
20:00    Vest Xem Yunayted - Arsenal
20:30    Manchester Siti - Liverpul

19-tur
28 dekabr
17:45    Vest Xem Yunayted - Vest Bromvich Albion
20:00    Aston Villa - Suonsi Siti
20:00    Xall Siti - Fulxem
20:00    Manchester Siti - Kristal Pelas
20:00    Norvich Siti - Manchester Yunayted
22:30    Kardiff Siti - Sanderlend
29 dekabr
18:30    Everton - Sautgempton
18:30    Nyukasl Yunayted - Arsenal
21:00    CHelsi - Liverpul
21:00    Tottenxem Xotspur - Stok Siti

20-tur
1 yanvar
17:45    Suonsi Siti - Manchester Siti
20:00    Arsenal - Kardiff Siti
20:00    Kristal Pelas - Norvich Siti
20:00    Fulxem - Vest Xem Yunayted
20:00    Liverpul - Xall Siti
20:00    Sautgempton - CHelsi
20:00    Stok Siti - Everton
20:00    Sanderlend - Aston Villa
20:00    Vest Bromvich Albion - Nyukasl Yunayted
22:30    Manchester Yunayted - Tottenxem Xotspur

Abror QODIROV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика