Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi
10 iyu 2018 14:02
Yangiliklar
Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi
Ovoz berish yakuniga ko'ra, Botirali raqobatchisi Eldor Suyunovni 1 ochkolik farq bilan ortda qoldirdi. Bunda “Navbahor” muxlislarining ovozi muhim rol o'ynaganini etirof etish kerak. Boisi, Championat.asia so'rovnomasida Ergashev eng ko'p ovoz oldi hamda 6 ochkoni qo'lga kiritdi. Suyunov esa muxlislar ovoziga ko'ra ikkinchi bo'ldi hamda 4 ochko bilan kifoyalandi.
Agar gap faqatgina bosh murabbiylar va jamoa sardorlari ovozidagina bo'lganida, bunda Eldor Suyunov “Navbahor”dagi raqibini 1 ochko ortda qoldirgan bo'lardi. CHunki Suyunovni 24 ovoz beruvchidan 10 nafari 1-o'rinda ko'rsatdi. Botirali Ergashevda esa bu ko'rsatkich 9 tani tashkil qildi.
Ergashevni 8 kishi 2-o'ringa, Suyunovni esa 7 kishi shu o'ringa loyiq ko'rdi. Yana 4 nafardan ovoz beruvchi bu posbonlarni uchlikka kiritdi.
SHu tariqa Botirali Ergashev Superliga vakillaridan 47, muxlislardan esa, jami — 53 ochko ishlab oldi. Suyunov esa birinchi frontdan 48, ishqibozlardan 4 ochko oldi, jami — 52. Reytingda “Qizilqum” posboni Evgeniy CHeremisin 29 ochkolik bo'ldi. “So'g'diyona” posboni Dilshod Hamroev esa 22 ochkoni qo'lga kiritdi.
May oyining eng yaxshi darvozaboni Botirali Ergashev bugun — 10 iyun kuni bo'lib o'tadigan Pepsi Superliganing 15-turi doirasidagi “Navbahor” — “Qo'qon-1912” o'yinida PFL sovrinini qabul qilib oladi. Uchrashuv 19:02 da start oladi.

Kim kimga ovoz berdi?
ENG YAXSHI DARVOZABON | |
Bosh murabbiylar | Jamoa sardorlari |
Lokomotiv | |
Andrey Fyodorov | Ignatiy Nesterov |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
Nasaf | |
Ro'ziqul Berdiev | Dragan CHeran |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Paxtakor | |
SHota Arveladze | Kamoliddin Tojiev |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Bunyodkor | |
Mirjalol Qosimov | Javlon Ibrohimov |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
Navbahor | |
Ilhom Mo'minjonov | Jahongir Mehmonov |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Buxoro | |
Ulug'bek Baqoev | SHavkat Salomov |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
AGMK | |
Viktor Kumikov | Lutfulla To'raev |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
Qo'qon-1912 | |
No'mon Hasanov | Nosir Otaqo'ziev |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
Metallurg | |
Andrey SHipilov | Abror Xusinov |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
Qizilqum | |
Hamid Aktamov | Erkin Boydullaev |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
So'g'diyona | |
Sergey Lushchan | Akmal Xolmurodov |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | Eldor Suyunov (Paxtakor) |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Neftchi | |
Bahrom Haydarov | SHukurali Po'latov |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | Botirali Ergashev (Navbahor) |
Botirali Ergashev (Navbahor) | Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | Dilshod Hamroev (So'g'diyona) |
MUXLISLAR | |
Botirali Ergashev (Navbahor) | |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | |
Nomzod | 1-o'rin | 2-o'rin | 3-o'rin | Jami |
Botirali Ergashev (Navbahor) | 9 | 8 | 4 | 47+6=53 |
Eldor Suyunov (Paxtakor) | 10 | 7 | 4 | 48+4=52 |
Evgeniy CHeremisin (Qizilqum) | 4 | 6 | 5 | 29 |
Dilshod Hamroev (So'g'diyona) | 1 | 3 | 11 | 20+2=22 |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar