Botirali Ergashev: "Jizzaxdagi o'yinda hammamiz o'z ishimizni qildik xolos"
01 okt 2022 14:12
Yangiliklar
Botirali Ergashev: "Jizzaxdagi o'yinda hammamiz o'z ishimizni qildik xolos"
AGMK darvozaboni Botirali Ergashev Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – AGMK (0:2) uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jizzaxdagi o'yin biz uchun muhim hisoblanardi. 3 ochko zarur edi. Umuman olganda, Superligadagi har bir ochkoning qadri o'ta yuqori.
Murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishga harakat qildik va yakunda g'alaba qozondik.
Kecha maydonda har birimiz o'z ishimizni qildik xolos. Penaltini qaytarishimga kelsak, shu nasib qilgan ekan. Bu Xudodan.
Sovrinli o'rinlar sari kurash davom etadi. Oxirigacha kurashamiz", – dedi Botirali Ergashev.
Malumot uchun, olmaliqliklr posboni 61-daqiqada SHohruz Norxonovning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytarib, darvozasini "quruq" saqladi.
AGMK 20 turdan keyin 32 ochko bilan 4-o'rinni band etib turibdi, "So'g'diyona" esa ham xuddi shuncha ochko bilan 5-pog'onaga joylashgan.
Fikrlar