So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  3 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  22 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Botirali Ergashev – Dinamoning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi! Yangiliklar

Botirali Ergashev – Dinamoning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi!

Dinamo klubi rasmiy sayti va Telegramdagi rasmiy sahifasida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakuniga etdi.

Unga ko'ra jamoa posboni Botirali Ergashev Superliga birinchi davrasida «Dinamo»ning eng yaxshi futbolchisi» bo'ldi. 

Davralar oralig'ida o'tkazilgan so'rovnomada jami 1680 nafar muxlis ishtirok etib, Botirali Ergashev umumiy 54 % ovoz (908 kishi) bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va “Dinamo” jamoasining 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi” nomiga loyiq ko'rildi. Qayd etish joiz, 24 yoshni qarshi olgan darvozabon Superliga 1-davrasida 12 o'yinda maydonga tushib, qator seyvlarni amalga oshirdi, jumladan “Dinamo” darvozasi tomon belgilangan 3 ta penaltidan 2 tasini qaytarishga muyassar bo'ldi. Bu Superligada penalti qaytarish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichdir.

So'rovnomada Ergashevdan keyingi o'rinni ikki futbolchi – Jasur Azimov va Qadamboy Nurmatovlar band etishdi. Superligada 13 o'yinda maydonga tushgan ikki futbolchi ham bir xil – 13 % ovozdan to'plashdi. Jasur himoyachi bo'lishiga qaramay, Superligada 2 ta gol urgan bo'lsa, Qadamboy Superligadagi 5 ta goli bilan “Dinamo”ning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

CHempionat kashfiyotlaridan biri sifatida tilga olingan SHohruh Abdurahmonov 8 foiz (183 ta) ovoz bilan 3-o'rinda qayd etildi. Yosh yarimhimoyachi Superligada ikki marta o'z nomini tabloga yozib qo'ydi.

SHuningdek, Superligadagi barcha 13 o'yinda to'liq to'p surib, 2 ta gol muallifi bo'lgan himoyachi Mirkomil Lokaev 7 foiz (111 ta) ovoz olgan bo'lsa, “Dinamo” jamoasi “pleymekeri”, 6 marta golli uzatma amalga oshirgan va 1 ta gol urgan Sardor Eminov 5 foiz (82 ta) ovoz olib, beshlikdan joy olgan.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика