So’nggi yangiliklar

20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  3 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  5 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  2 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  7 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  5 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  7 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  1 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  3 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  7 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Botir Qodirqulov: "Bizga bitta g'alaba zarur edi" Yangiliklar

Botir Qodirqulov: "Bizga bitta g'alaba zarur edi"

Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Yangier" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Botir Qodirqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Jamoamiz bosh murabbiyi Asror Aliqulov bilan raqibdan kelib chiqib, o'yin rejasini ishlab chiqqandik. Stadionga kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. G'alabamizdan barcha birdek xursand holatda. Jamoamiz murabbiylar shtabini, futbolchilarni, klubimiz rahbariyatini bugungi yirik g'alaba bilan tabriklayman.

- Tezkor gol yakunda yirik hisobdagi g'alabaga sabab bo'ldi, deb izohlasak bo'ladimi?

- Biz yigitlardan oldingi chiziqda tajovuzkor o'yinni talab qilgandik. Tezkor gol urilishi yoki urilmasligi uchun emas, umuman, agressiv va hujumkor futbol bugungi rejamiz edi.

- Asosiy tarkibda maydonga tushirilgan Nodirjon Nurmatovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Nurmatov mavsumoldi yig'inlarda gol urib kelayotgandi. O'yin oldidan uni maydonga tushirishimizni aytganimizda, 2 ta gol urishini vada qilgandi. Gol urish bo'yicha so'zini ustidan chiqdi, 2 ta bo'lmasa ham 1 ta gol urdi. Uning o'yinidan qoniqish hosil qildik.

- Navbatdagi turda "Xorazm" bilan o'ynaysizlar. Bugungi g'alaba o'sha o'yinda ham motivaciya beradi, deb hisoblaysizmi?

- Bizga bitta g'alaba zarur edi. Ko'pchilik tomonidan aytilganidek, chiroyli o'yin ko'rsatsak-da, yutqazayotgandik. Futbolda albatta natija muhim hisoblanadi. G'alaba jamoamizga motivaciya beradi. Albatta, biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Avvalgi o'yinlarlardan farqli tarzda bugun jamoa darvozasini Amirbek Lutfullaev qo'riqladi. Buni qanday izohlaysiz?

- Bosh murabbiy Asror Aliqulov o'qishga ketmasidan oldin darvozabon tanlovini aytib o'tgandi. Bugun Lutfullaev yaxshi o'yin ko'rsatdi. Hozir klubimizda sharoitlar yaxshi, buning uchun rahbariyatga minnatdorchilik bildiramiz. Bundan tashqari, jamoamizda Nurullo Habibov darvozabonlar murabbiyi lavozimida ish boshladi. Bu ham darvozabonlarimiz o'yin sifati o'sishiga xizmat qiladi.

- Jamoa bosh murabbiyi Asror Aliqulov qachon klubga etib keladi?

- Asror CHorievich ayni dam murabbiylik kurslari yuzasidan Ozarbayjonda bo'lib turibdi. Nasib bo'lsa, ertaga klubimiz ixtiyoriga etib keladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика