So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

Boshkovich uchun burilish nuqtasi. "So'g'diyona" ishtaxasi ochilgan "sherlar"ni yuta oladimi? Yangiliklar

Boshkovich uchun burilish nuqtasi. "So'g'diyona" ishtaxasi ochilgan "sherlar"ni yuta oladimi?

Bugun kechagi derbidan qolishmaydigan yana bir uchrashuv kutib turibdi.

Jizzaxda ikkita bir-biriga munosib jamoalar qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. "So'g'diyona" birozdan so'ng "Paxtakor"ni o'z maydonida qabul qiladi. O'yinning ahamiyati ikki jamoa uchun o'ta yuqori. Qaysidir manoda "Neftchi" va Levchenkodagi kabi vaziyat deya olamiz. Farg'onaliklar kecha derbida burilish qila olishdi va birinchi g'alabani qo'lga kiritishdi. Ivan Boshkovich uchun ham aynan shu bahs chappasiga ketayotgan ishlarga biroz yupanch bo'lib berishi mumkin. 

Mavsum starti. "Sherlar" ishtaxasi ochildi

"Paxtakor" ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng qoldirilgan 1-tur uchrashuvida "Mashal"ni yirik hisobda yutdi. Etibor bering raqib "Mashal" edi. Bu jamoa esa o'tgan turda Jizzaxda "sherlar"ning bugungi raqibini sensacion tarzda dog'da qoldirib qaytgandi. Bu esa futbolchilarning ishtaxasini yana ochib yuborgani tayin. Ular Jizzaxga ko'tarinki kayfiyatda kelishdi. 

Ivan Boshkovich boshchiligidagi "So'g'diyona" turnir jadvalida oxirgi pog'onada bormoqda. Ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyat esa ahvolni battar og'irlashtiradi. Shu bois bugun ularda ortga yo'l qolmagan. "Bo'rilar" Qarshida "Nasaf"ga (0:1), uyda "Navbahor"ga (2:3) va "Mashal"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi. 

Qiziq fakt

"So'g'diyona" o'z uyida 4 yildan buyon poytaxt klubidan 3 ochko tortib ololmayapti. Jamoa oxirgi marotaba Ulug'bek Bakaev davrida 2021 yil raqibi ustidan g'alabani tantana qilgan.

Superliga-2021.

23-tur

"So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:0

Gol: Shahboz Jo'rabekov 53

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 4. Elyor Orifov, 5.Ayubhon No'monov, 6. Iskandar Shoyqulov (, 18. Darko Stanoevich, 70) , 8. Jamshid Boltaboev, 10. Shohruz Norxonov (77. Sahob Rashidov, 89), 11. Jasur Hasanov (28. Ergash Ismoilov, 89), 17. Shahboz Jo'rabekov, 19. Javohir Qahramonov (20. Bahodir Nasimov, 76), 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich

Zaxira: 1. Shirinboy Abdullaev, 15. Jasur Hakimov,  25. Nodir Qo'yboqov,  63.  Asiljon Begimqulov,  88. Muhsin Bazarov

"Paxtakor": 25. Eldorbek Suyunov, 8. Azizbek Turg'unboev ( 63. Muhammadali O'rinboev, 88), 11. Boyan Matich, 14. Humoyunmirzo Iminov ( 9. Sherzod Temirov, 77), 16. Marlen Chobanov, 17. Doston Hamdamov (99. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 88) 21. Abrorbek Ismoilov, 23. Sherzod Azamov (19. Sharof Muhiddinov, 21), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 34. Farruh Sayfiev, 88. Shahzod Azmiddinov

Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 5. Anzur Ismoilov, 10. Dragan Cheran,  36. Abbos Ergashboev

Jamoalar taqvimi

"So'g'diyona" Superligada 12 aprel kuni "Dinamo" mehmoni bo'lsa, 20 aprel kuni Olmaliqda OKMK bilan to'qnash keladi. Oyni Jizzaxda "Andijon"ga qarshi bahs bilan yakunlaydi.

Pedru Moreyra shogirdlarini vodiy klublari bilan o'yinlar kutmoqda. 13 aprel Toshkentda "Andijon", 19 aprel Farg'onada "Neftchi", 27 aprel uyda "Sho'rtan" bilan o'yinlar bor. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика