So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  7 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  6 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  10 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  28 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  85 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  11 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  6 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

"Abramov bilan nimadir o'xshaganda Pro ligada edik" - "Dinamo"ning serbiyalik legioneri omadsiz mavsum haqida Yangiliklar

"Abramov bilan nimadir o'xshaganda Pro ligada edik" - "Dinamo"ning serbiyalik legioneri omadsiz mavsum haqida

"Dinamo"ning Superligaga qaytgani Samarqandga katta futbol havosini olib kirgandi.

Biroq yaxshi tayyorgarlik va tarkibdagi mahoratli ijrochilar borligiga qaramay, klub yakunda elitada qolishni uddasidan chiqa olmadi. Boz ustiga yil davomida murabbiylar qo'nimsizligi, tarkibdagi yo'qotishlar natijalarga tasir qildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Aslida ham muammo shundami? Bu yil "Dinamo" sharafini himoya qilgan serbiyalik futbolchi Mixaylo Yovanovich Championat.asia saytiga muvaffaqiyatsizliklar haqida gapirdi. 

— Birinchidan, O'zbekiston, "Dinamo" va Samarqanddek tarixiy shaharda ajoyib yil o'tkazganimni alohida takidlamoqchiman. Ana shunday ananalari, qadriyatlari bor shahar o'zbek futbolida muhim o'rin tutishga loyiq. Albatta, jamoaning quyi ligaga tushib ketganiga hech qachon bitta sabab yoki bir kishi aybdor emas. Futbolchilar, murabbiylar, klub rahbariyati, mashg'ulotlar, tashkilotchilik barchasi bir-biriga bog'liq. Internetda, tarmoqlarda "Dinamo" Superligada o'ynashga loyiqmi yoki yo'q kabi mavzularda ko'p yozildi. SHu bois muvaffaqiyatsizlikka yagona omil yo'q, degan bo'lardim. 



— Faoliyatim davomida Evropa va Osiyoning turli mamlakatlarda to'p tepib tajriba orttirganman. Taklif tushgach, qanday jamoaga borayotganimni bilardim. Stadionlar, sharoitlarga kelsak, masalan, men CHexiyada 5 yil o'ynadim. U erda har bir klubning infratuzilmasi, sport bazasi bor. Barcha narsa etarli. Armanistonda o'ynaganimda esa oddiy sharoit bilan biz chempion bo'ldik. Konferenciyalar Ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdik. Yani mukammal holatda ham muvaffaqiyat qozonavermaysiz. Ikki chempionat misolida tushuntirdim. Fikrimcha, har bir klub jamoada sifatni saqlab qolib, yosh futbolchilarni etishtirish va poydevorni mustahkamlash orqali yutuqlarni qo'lga kiritishi mumkin. O'zbekistondagi "Nasaf" bunga yaqqol misol. 

Tushunishimcha, murabbiy Predrag Rogan jamoadan yaxshiroq xizmat ko'rsatilishini kutgan, birinchi navbatda, bu mashg'ulotlar uchun yaratilgan sharoit bilan bog'liq. U erda boshidanoq tushunmovchilik va noroziliklar bo'lgan. Klub esa bularning o'rnini Turkiyadagi yaxshi yig'in orqali qoplashga harakat qildi. Samarqand klubi infratuzilma bilan bog'liq muammolarga duch kelayotganini, Superligada yanada yaxshiroq qatnashish uchun zamonaviy baza va qo'shimcha maydonlarga ehtiyoj borligini hamma tushunib turgandi. Bu erga kelganimdan so'ng barcha vaziyat haqida gapirishdi. Men o'z istagim bilan shartnoma imzoladim. SHu bois nimadandir nolishga yoki ranjishga haqqim yo'q edi. Faqat imkon qadar jamoaga yordam bergim keldi. SHahar va muxlislar Superligaga haqli. Kelajakda vaziyat yanada yaxshilanadi, deb o'ylayman. 


— Aleksandr Glishich jamoani kuchaytirishi kutilgandi. SHartnoma imzolagan legionerlarga hamma katta umid bog'ladi. Ilk uchrashuvdanoq gollar urishi kerak, degan fikrlar yangradi. Qaysidir manoda bu xato deyish mumkin. CHunki har bir futbolchiga yangi muhitga, uslubga moslashish uchun malum bir davr kerak. Glishichning o'zi ham malum bir bosimni his qildi. Bahorgi bellashuvlarda ancha yaxshi o'yin ko'rsatganimizga qaramay, qoniqarli natijaga erisha olganimiz yo'q. Balki o'sha pallada klub Glishichdan mamnun bo'lmagan bo'lishi mumkin. Ammo bizga har bir o'yinchi kerakli paytda aprel oyidayoq shartnoma bekor qilindi. Transfer oynasi yopiqligi uchun uning o'rniga futbolchi olishning imkoni bo'lmadi. Menimcha, ikki tomon kelishuvni to'xtatishni xohladi.

— Murabbiylar o'zgarishi haqida gapirsam, Predrag Rogan va Ivan Yevich bilan murabbiylar shtabini shakllantirdi. Barchamiz yaxshi bo'lishiga ishondik. Ko'pchilik ko'rib ishini maqtashdi, strategiyani maqullashdi. Ammo klub tezda yaxshi natijalarni ko'zladi, sabr qilmadi. SHaxsan men murabbiylarni tez-tez o'zgartirish tarafdori emasman. Murabbiyga o'z falsafasini futbolchilarga singdirish uchun vaqt zarur. Roganga o'zbek futboli bilan to'liq tanishib olgach yana bir transfer oynasi kerak edi. Keyinchalik Andrey SHipilov bilan ishladik. Unga vaqt etishmadi. Natija bo'lmagach klubni tark etdi. 

So'nggi murabbiy - Vadim Abramov. U yomon natijalar qayd etib kelayotgan jamoa boshqaruviga keldi. O'zining g'oyalarini amalga oshirishga harakat qilib ko'rdi. O'rinbosarlar jamoasidan yosh futbolchilarni jalb qildi. Ammo bu ish bermadi, deya olaman. Nimadir o'xshayotganda allaqachon Pro ligada edik. Oxirgi ikki turdagi g'alabalar ham yordam bermadi. Malum bo'ldiki, bu yil ishlagan 3ta murabbiy ham natija ko'rsatgani yo'q. Balki klub sabr qilishi kerakdir. Balki futbolchilar Superliga bosimiga chiday olmagandir. Yuqorida takidladim, barchasi bir-biriga bog'langan. 


— Kelajakka intiladigan klub birinchi o'rinda zamonaviy akademiyaga ega bo'lishi, shuning negizida tarkibni shakllantirishi darkor. Hokim va bosh homiy "Dinamo" futbolchilari uchun yangi baza va mashg'ulot markazi qurish tarafdori ekanliklari haqida eshitdim. Bu amalga oshishiga tilakdoshman. Tarkib ham barqarorlashishiga ishonaman. Mavsum tugagach klubdan hech kim bog'lanmadi. Men jamoada qolmasligim aniq. "Dinamo"ning tezroq elitaga qaytishini va uzoq vaqt muvaffaqiyatli ishtirok etishini istayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика