So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Boshidan baland sakragan" 7 vaqtinchalik murabbiy Yangiliklar

"Boshidan baland sakragan" 7 vaqtinchalik murabbiy

Ule-Gunnar Sulsher yaxshi boshladi.

O'z muxlislarini quvontirgan murabbiylar haqida to'xtalamiz.

1. Roberto Di Matteo («CHelsi»)

"CHelsi"ga qadar kamtargina "Milton Kins Dons" va "Vest Bromvich" kabi jamoalarda ishlagan mutaxassis London jamoasi uchun eng yaxshi nomzol emasdi. Biroq o'sha vaqtlarda Roman Abramovichning oldida variantlar yo'q edi. Biroq qisqa muddatda italiyalik mutaxassis Evropada taniqli bo'lib oldi. 2012 yilning martida mutaxassis "CHelsi"ning (vaqtinchalik) taklifini qabul qildi. Undan oldin esa jamoani Andre Villash-Boash boshqarayotgandi.

Robertoning debyuti anchagina omadli bo'ldi. U boshchiligidagi jamoa ECHL doirasida "Napoli"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Yakunda uning "CHelsi"si ajoyib dubl qilishga erishdi: Angliya kubogi va ECHL sovrini.

Noyabr oyida Matteo natijalar bilan barchaning tanqidiga uchrayverdi va Abramovich uni istefoga chiqardi. Baribir... natijalar yomon emas.

2. Kenni Dalglish («Liverpul»)

Afsonaviy sobiq futbolchi va murabbiy ketayotganida sevimli jamoasiga qaytmasligini aytgandi. Biroq u 2011 yilda Roy Xojsonning o'rnida ishlab turdi.

Uning "Liverpul"i debyutida "Blekpul"ga mag'lub bo'ldi. Biroq shundan keyin "Qirol Kenni"  ajoyib natijalarga erishdi va rahbariyat tomonidan to'laqonli shartnomani qabul qilib oldi. Yangi yilda "qizillar" so'nggi 6 mavsumdagi ilk sovrini - Liga kubogini qo'lga kiritdi va Angliya kubogi finaligacha borib, "CHelsi"ga mag'lub bo'ldi.

APLdagi 8-pog'ona "Liverpul"ning 1994 yildan beri qayd etgan eng yomon natijasi hisoblanardi. SHu boisdan Kenni jamoadan ketdi. Aynan u Luis Suares va Endi Kerollni mersisaydliklar safiga olib kelgandi.

3. Toni Barton («Aston Villa»)

Toni Bartonning ajoyib mavsumi 1982 yili "Aston Villa" bilan o'tgan. Birinchi divizionning amaldagi chempionlari yanada quyiroqqa tushib ketdi. SHu boisdan Ron Sanders istefoga chiqdi. Quyi liganing 15-pog'onasini egallab turgan jamoaning muxlislari o'sha vaqtda murabbiyning boshini talab qilishgandi.

Barton - tezda natija keltirgan asosiy skaut, uning "sherlar"i Evropa kubogi finaligacha borgan. Yanada quyi divizionga tushib ketishdan qocha olgan. Biroq Evropada jamoani faqatgina "Bavariya" to'xtata olgandi.

4. Gus Xiddink («CHelsi»)

Rossiya terma jamoasi bilan Evro-2008da yarim finalga qadar etib borish Gus Xiddinkning obro'siga obro' qo'shdi. SHundan keyin "CHelsi"da Luis Felipe Skolarining o'rnini vaqtinchalik egalladi. Uning ilk qurbonlari "Yuventus" va "Liverpul" bo'ldi. Agar biroz omad etishganida "CHelsi" ECHL finaliga chiqqan bo'lardi. Biroq "Barselona" bu orzularning ushalishiga yo'l bermadi.

Statistikaga ko'ra, uning "CHelsi"si 22 o'yinda bir marta mag'lub bo'ldi va so'nggi bahsda Angliya Kubogi finalida "Everton" mag'lub etildi. SHu boisdan rahbarlar mutaxassisga 20 ming funtni mukofot tariqasida taqdim qildi.

5. Glenn Reder («Nyukasl»)

U boshchiligidagi "Vest Xem" antirekord darajasida kam ochko yig'ib sharmandalarcha APLdan chiqib ketganidan keyin Glenn Reder "Nyukasl" bilan muvaffaqiyat qozonishga intildi. Klubda u Grem Sunessning o'rnini egalladi va yordamchi qilib Alan SHirerni taklif qildi. Duetning ishlari samarasi o'laroq "Nyukasl" so'nggi o'rindan 7-pog'onagacha ko'tarildi.

Albatta, bunday natijalar rahbariyatga maqul keldi va to'laqonli shartnoma taklif qilishiga turtki bo'ldi. Biroq ko'plab jarohatlar Rederning muvaffaqiyatsizligiga va rahbarlarning noroziligiga sababchi bo'ldi. SHunday bo'lsa ham "Nyukasl" ushbu mutaxassis qo'l ostida Intertoto kubogini qo'lga kiritdi. Murabbiy barchani mamnun qilgan holda 2007 yilda "Sent-Jeyms"ni tark etdi.

6. Mario Zagallo (Braziliya)

60-yillarning ohirlarida Braziliya futbol associaciyasi futbolchi va murabbiylar uchun kutilmagan qarorlar chiqarishni boshladi. SHu pallada ularning aqlsizlarcha qarori qabul qilindi: ular termani har doim dahshatli tarzda tanqid qiladigan jurnalistni termaga bosh murabbiy etib tayinlashdi. O'rganing!

Boshlanishiga Joan Saldanida ishlar yaxshi ketayotgandi: Braziliya JCH saralashidagi barcha o'yinlarda g'olib bo'ldi, to'plar nisbati 23:2ga teng edi. Biroq shundan keyin murabbiyning qaysarliklari boshlandi: u Peleni termaga chaqirishni to'xtatib qo'ydi. Murabbiy ko'rish qobiliyatining pasayishida Peleni aybladi va o'qlangan to'pponcha bilan quvib yubordi uni.

Yakunda associaciya tinchlanishni istadi va Mario Zagalloni bosh murabbiy etib tayinladi. U 1958 yilgi mundialda o'ynovchi murabbiy sifatida g'olib bo'ldi.  Zagallo ko'p narsalarni o'zgartirdi, asosiysi Peleni termaga qaytardi. SHuningdek, o'sha davrda termada Garrincha Karlos Alberto kabi futbolchilar ham faoliyat olib borishayotgandi.

7. Kreyg SHekspir («Lester»)


Mauricio Sarri, Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola… va Kreyg SHekspir. Ularni nima bog'lab turadi? Ular APLdagi ilk 5 o'yinlarida faqatgina g'olib bo'lgan murabbiylardir.

Nayjel Pirson va Klaudio Ranerining sobiq yordamchisi Kreyg SHekspir 2017 yilning fevralidan "Lester" boshqaruvini o'z qo'liga oldi. "Suonsi"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoa APL turnir jadvalining 17-qatorida turgandi. CHempion APLdan chiqib ketishi mumkin edi. SHuningdek, ECHL doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yin ham bor edi.

Poetik familiyali murabbiyning ilk o'yinida "Lester" "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. SHuningdek, keyinchalik "Xall", "Sevilya", "Vest Xem", "Stok" va "Sanderlend" kabi jamoalar ustidan g'alabalarga erishildi va asosiysi jamoa APLda qoldi. Yozda u jamoaning asosiy murabbiyiga aylangandi. Biroq u ham keyinchalik istefoga chiqarildi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика