So’nggi yangiliklar

07:00Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7

Bosh murabbiyi futbolchi bo'lgan o'yinda “Nurafshon” “Andijon”ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Bosh murabbiyi futbolchi bo'lgan o'yinda “Nurafshon” “Andijon”ga mag'lub bo'ldi

Teglar :  NurafshonAndijon
Pro-liganing ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Nurafshon” hamda “Andijon” jamoalari CHirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Farruh SHotursunov poytaxt viloyati vakillarini hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusga qadar andijonlik SHahboz Jumaboev o'z dublini rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo'limda Davron Isoqov va Nodir Mavlonovlar tomonidan kiritilgan gollar hisobning yirik ko'rinishini taminladi, 4:1. SHu tariqa “Andijon” o'ziga hos revansh oldi. Malumot uchun, 11 iyul kuni mazkur stadionda raqiblar o'zaro to'qnash kelishgan va unda “Nurafshon” 4:2 hisobida zafar quchgandi. Qayd etish kerak, ushbu uchrashuvda “Nurafshon” bosh murabbiyi Vohid Xolboev ham futbolchi bo'lib harakat qildi.

“Andijon” – “Nurafshon” – 4:1. CHirchiq. “Kimyogar” stadioni

Hakamlar: V.Agishev, J.Najmiddinov, SH.Yusupov

Nazoratchi – R.Qoratoev

“Andijon”: A.Ortiqov, I.Mamatkazin, D.Mamatov, X.Avilov, F.Miraxmatov, D.Hasanov, F.Bekmurodov, J.Omonov, E.Otaqulov, SH.Jumaboev, Q.Nurmetov

Zaxiradan tushganlar: N.Ribkin, S.Hamroev, N.Mavlonov, A.Mamatkazin, L.Ubaydullaev, I.Otaxonov, S.Ermatov, S.Abdullajonov, F.Abdurahmonov, D.Isoqov

“Nurafshon”: R.Yagudin, M.Qahramonov, R.Vagapov, D.Fayziev, M.To'ychiboev, D.Bahromov, F.SHotursunov, M.Rajabov, R.Veklich, A.Kamolov, O.Abduholiqov

Zaxiradan tushganlar: A.Muxamedov, A.Jadigerov, J.Rahimov, E.Ravshanov, A.Isroilov, D.Ro'zaliev, V.Xolboev

Gollar: SH.Jumaboev (28, 44), D.Isoqov (88), N.Mavlonov (90) – F.SHotursunov (13).

SHu o'yin orqali “Nurafshon” jamoasi Dukent shahrida o'tgan 10 kunlik tayyorgarlik ishlarini yakuniga etkazishdi. Unda jamoa murabbiylari V.Xolboev hamda Oleg Tyulkin asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratishdi. Bugun jamoa azolariga dam beriladi. Ertaga esa futbolchilar A.Yassaviy nomli stadionda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test sinovlarini topshiradi. 

Jamoa tarkibida deyarli o'zgarishlar yo'q. Elbek Ravshanov hamda Abdukarim Muxamedov yana ortga qaytishgan. Malumot uchun: Pro-liganing ikkinchi bosqichi boshlangunga qadar “SHo'rtan”, “Surxon”, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hamda “Dinamo” jamoalari bilan kuch sinashadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика