So’nggi yangiliklar

17:51"Гол Гохар" — "Персеполис". Таркиблар маълум  0 17:34Расман: Игор Тудор "Тоттенхэм" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:10Родри дисквалификация қилиниши мумкин  29 16:42Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм” Чехия клуби билан, “Бухоро” Россия клуби билан дуранг ўйнади, ОКМК эса Грузия жамоасидан устун келди  1 15:28"Динамо" назорат ўйинида Россиянинг 3 карра чемпионига йирик ҳисобда ютқазди  4 15:01"Астон Вилла" таркиб учун харажатлар лимитини бузгани учун яна УEФА томонидан жаримага тортилиши мумкин. Клуб ўтган йили 6 млн евро тўлаган  1 14:31АПЛ форварди Англиянинг 8 та клубида қизиқиш уйғотди  4 14:00"Манчестер Сити" "Рома" ўйинчиси учун 50 млн евро беришга тайёр  1 12:38"Манчестер Юнайтед" Мактоминейни қайтариш устида ишламоқда  8 12:15Суперлига. 1-тур ўйинларининг бошланиш вақти маълум  12 11:58Уго Фернандес — "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 11:30Горецка ёзда "Арсенал"га ўтишга қизиқмоқда  3 10:30Ўзбекистон U-17 терма жамоаси мураббийи Сергей Чигодаев: "Финалга чиқиш учун исталган рақибни ютишимиз керак"  7 09:50"Металлург" яна 2 нафар футболчи билан шартнома имзолади  0 09:25Назорат учрашуви. "Сўғдиёна" "Пари НН"га йирик ҳисобда енгилди  0

Bosh menejer Hamidjon Aktamov viloyat hokimi qabulida bo'ldi Yangiliklar

Bosh menejer Hamidjon Aktamov viloyat hokimi qabulida bo'ldi

Teglar :  Hamidjon Aktamov
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi azolari 24 yanvar - 7 fevral kunlari Farg'onada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi.

Yig'in doirasida konchilar ananaviy “Viloyat hokimi kubogi” turnirida munosib ishtirok etdi.

Bugun, yani 8 fevral kuni “Qizilqum” jamoasi murabbiylar shtabi va azolari Navoiy shahriga etib oldilar. Navoiyliklar uchun 12 fevralga qadar qisqa muddatli tatil elon qilindi. 

Fursatdan foydalanib, “Qizilqum” PFK bosh menejeri Hamidjon Aktamov, jamoa xomiylari - Navoiy kon metallurgiya kombinati (bosh direktori Quvondiq Sanoqulov), “Qizilqumcement” hissadorlik jamiyati (raisi Rustam Ayxodjaev) rahbarlari Navoiy viloyati hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov qabulida bo'lishdi.

Unda futbol klubi rahbari Hamidjon Aktamov jamoaning yangi mavsum oldidan ko'rayotgan hozirligi, galdagi vazifalar va rejalari yuzasidan axborot berdi.

Navoiyda kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirish yo'lida olib borilayotgan ishlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar bo'yicha xomiylarning malumoti tinglandi.

Uchrashuv oxirida viloyat hokimi E. Turdimov muxlislarning “Qizilqum” jamoasidan umidlari katta ekanligini alohida takidlar ekan, yaqin kunlar ichida jamoa azolari bilan uchrashishlarini alohida bildirib o'tdilar.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” jamoasi 12 fevraldan Toshkentda yig'iladi va navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика