"Borussiya"ning to'rt asosiy futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi
12 fev 2019 19:37
Yangiliklar


"Borussiya"ning to'rt asosiy futbolchisi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi
"Borussiya"ning bir yo'la to'rt futbolchisi ECHLning 1/8 finali doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Arilar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, "shporlar"ga qarshi o'yinda Lukash Pishhek, Yulian Vaygl, Marko Roys va Pako Alkaser kabi futbolchilar qatnashmaydi.
Ushbu futbolchilarning barchasida sog'lig'ida muammosi bor.
"Tottenxem" - "Borussiya" uchrashuvi ertaga soat 01:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar