“Borussiya”ga Levandovskining o'rniga Yilmaz kelishi mumkin
08 jan 2014 14:58
Yangiliklar


“Borussiya”ga Levandovskining o'rniga Yilmaz kelishi mumkin
“Borussii” klubi hujumchisi Robert Levandovski, jamoani tark etgan taqdirda, uning o'rniga “Galatasaroy” hujumchisi Burak Yilmaz kelishi mumkin.
28 yoshli Turkiya terma jamoasi futbolchisi 18 million evro deb baholanmoqda. Ushbu mavsum 21 ta o'yinda ishtirok etgan o'yinchi, 10 ta gol urishga erishgan.
Bundan tashqari Yilmazga “Arsenal” va “Tottenxem” klublari ham qiziqishmoqda.

Fikrlar