

"Borussiya" futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, ammo ular himoyachidan kamida 38 mln. evro ishlab olmoqchi. Oldinroq Xummels klub rahbariyatiga jamoadan ketmoqchi ekanligini aytgan edi. "Bavariya" futbolchiga 4 yillik shartnoma va 10 mln. evrolik maosh taklif qilyapti.
Xummels joriy mavsumda Bundesliganing 27 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.



