"Borussiya" Torresga shartnoma taklif qildi
15 apr 2020 11:37
Yangiliklar
"Borussiya" Torresga shartnoma taklif qildi
Dortmundning "Borussiya" jamoasi yozda klubdan ketishi mumkin bo'lgan yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga o'rinbosar izlamoqda.
"Arilar" "Valensiya" o'yinchisi Ferran Torres bilan shartnoma imzolamoqchi va klub ispaniyalik uchun 40 million evro taklif qildi.
"Ko'rshapalaklar"ning 20 yoshli futbolchi bilan tuzgan shartnomalari 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Qayd etish kerakki, "Valensiya" o'z tarbiyalanuvchisi bilan 60 million evroga xayrlashishga tayyor.
Futbolchi joriy mavsum La Ligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etgan.
Fikrlar