"Borussiya" Sanchoni 90 million evroga sotishga tayyor
03 may 2021 16:04
Yangiliklar


"Borussiya" Sanchoni 90 million evroga sotishga tayyor
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati yarim himoyachi Jeydon Sanchoni yozgi transfer oynasida 90 million evroga sotishga tayyor.
Klub rahbariyati agar unga o'rinbosar topishga ulgursa, futbolchini sotib yuborishga tayyor.
O'yinchiga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Sanchoning "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
21 yoshli Jeydon joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 18ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar