"Borussiya" Sanchoni 100 mln evroga sotishga tayyor
04 may 2021 00:25
Yangiliklar


"Borussiya" Sanchoni 100 mln evroga sotishga tayyor
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Klub 21 yoshli futbolchisini 100 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor turibdi. O'tgan yozda futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin edi, ammo mankunianliklar nemis klubi so'ragan 120 mln evroni to'lamasligini malum qilgandi.
Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. MYU esa futbolchi uchun 50-60 mln evrodan oshiq mablag' ajratmoqchi emas.
So'nggi paytlarda Sanchoni PSJ va "CHelsi" bilan bog'lashmoqda.
Ushbu mavsumda Sancho Bundesliganing 23 o'yinida 6 gol va 9 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar