Borussiya Obameyangning o'rniga hujumchi topdi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2017, 10:24
Lion hujumchisi Aleksandr Lyakazett navbatdagi top-klub e'tiboriga tushdi.

Atletiko va Arsenaldan so'ng 25 yoshli francuz Dortmundning Borussiya klubi e'tiboriga tushdi. Nemis klubini Per-Emerik Obameyang tark etsa uning o'rniga Lyakazett kelishi mumkin. Lyakazett mavsum tugagach boshqa klubga o'tmoqchi. Lion uning transferini 60 million evroga baholamoqda. Oldinroq u Atletikoga o'tishga rozi bo'lgani haqida xabarlar chiqqandi.

Bu mavsumda hujumchi 39ta o'yinda 30ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de