"Borussiya" kelasi yozda Bellingemni sotmaydi
09 sen 2021 16:28
Yangiliklar
"Borussiya" kelasi yozda Bellingemni sotmaydi
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem kelasi yozda hozirgi jamoasidan ketmaydi.
Dortmundliklar o'yinchini kamida 2023 yilning yozigacha klubda saqlab qolishadi.
Oldinroq xabar berilganidek, Bellingemga "CHelsi", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda, ammo Dortmund klubi o'yinchi borasidagi barcha takliflarni rad etdi. Klub shuningdek angliyalik bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda. Amaldagi bitim 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Bellingem "Borussiya"ga 2020 yilda "Birmingem"dan 23 million evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar