"Borussiya" futbolchisining otasi o'g'li "Arsenal"ga o'tayotganini tasdiqladi
05 iyu 2018 15:57
Yangiliklar


"Borussiya" futbolchisining otasi o'g'li "Arsenal"ga o'tayotganini tasdiqladi
Dortmundning "Borussiya"si himoyachisi Sokratis Papastatopulos "Arsenal"ga o'tmoqda. Bu haqda uning otasi malumot berdi.
"O'g'lim "Arsenal"ning taklifini qabul qildi. U bundan mamnun. Sokratis ayni damda Angliyada. Seshanba kechasida klubdagilar bilan transfer ishlarini muhokama qilinadi. Barchasi yaxshi ketmoqda", - dedi Xaralambos Papastatopulos.
29 yoshli greciyalik futbolchi 2013 yildan buyon "arilar" sharafini himoya qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar