So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Borussiya" Dortmund hali Bellingem uchun biror rasmiy taklif olgani yo'q Yangiliklar

"Borussiya" Dortmund hali Bellingem uchun biror rasmiy taklif olgani yo'q

Dortmund klubi sport direktorining malum qilishicha, Jud Bellingem uchun biror rasmiy taklif kelib tushmagan.

"CHelsi", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" bilan raqobat sharoitida "Real" 19 yoshli yarim himoyachi uchun 100 mln evrolik taklif tayyorlamoqda. Biroq hozirgacha tomonlarning hech biri rasmiy qiziqish bildirmagani ochiqlandi.

Klub sport direktorining manbaga ochiqlashicha: "U va uning ota-onasi bilan vaqti kelsa gaplashamiz. Biroq hozircha hech qanday bosim yo'q. Jud bor etiborini futbolga qaratmoqchi. Aytgancha, takliflar umuman yo'q".

Jeydon Sancho va Erling Holand ikkisi oxirgi ikki mavsumda katta transfer kelishuvi asosida Dortmund klubini tark etib mos ravishda "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" safiga borib qo'shildi. Klub sport direktorining tan olishicha, Jud Bellingemni ham shunday taqdir kutmoqda: 

"Sancho yoki Holand kabi muhim o'yinchilar malum bir nuqtaga kelganda jamoani tark etdi. Bu biz bilan har doim sodir bo'lishi mumkin, buni bilamiz. Agar va qachon Jud bilan shunday ishlar sodir bo'ladi, men buni bugun ayta olmayman. Sof sportcha nuqtai nazardan mening Jud Bellingemdan voz kechishni istashim ahmoqlik bo'lgan bo'lardi".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика