“Borussiya” Dortmund futbol akademiyasi qaysi jihati bilan boshqa akademiyalardan farq qiladi?
06 noy 2013 17:18
Yangiliklar

“Borussiya” Dortmund futbol akademiyasi qaysi jihati bilan boshqa akademiyalardan farq qiladi?
So'nggi yillarda Dortmundning “Borussiya” jamoasi xalqaro arenalarda yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda.
“Sariq-qoralar”ning o'tgan mavsumda chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgani - jamoaning salohiyati naqadar yuqori ekanidan dalolat berib turibdi. Dortmundliklarning turli muvafaqqiyatlarni qo'lga kiritishlarida jamoada yoshlar bilan ishlashning to'g'ri yo'lga qo'yilgani ham katta ahamiyat kasb etayotir. Bejizga “Borussiya” Dortmund futbol akademiyasidan etishib chiqayotgan yosh istedodlarga Evropaning ko'plab top-klublaridan sovchilar kelayotgani yo'q…
Har mavsum boshlanishi arafasida bir qator etakchilaridan ajralayotgan klub ularning o'rnini o'z akademiya tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirishni uddalamoqda. SHu sababdan biz bugun sizni Dortmund super-klubi bo'lajak futbol yulduzlarini tarbiyalash tizimining o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirmoqchimiz.
Dortmundda yosh futbolchilarni tarbiyalash jarayonida ularning nafaqat professional sportchi, balki har tomonlama shakllangan shaxs sifatida voyaga etishlariga juda katta ahamiyat beriladi. Jamoa mamuriyati bu jarayonni professional tarzda olib borish maqsadida Boxum Universiteti psixologlar jamoasi bilan hamkorlik qiladi. Akademiya murabbiylari yoshlarda futbolchilik sifatlarini shakllantirish borasida ish olib borishsa, psixologlar jamoasi ularga har tomonlama amaliy ko'mak beradi. Yosh futbolchilarni sport va unga aloqador bo'lgan turli jihatlardan to'laqonli tarzda xabardor qilish psixologlar jamoasi bosh vazifasi hisoblanadi.
Jarohat - futbol olamidagi eng og'riqli nuqta sanaladi. SHuni inobatga olgan holda Borussiya futbol akademiyasi murabbiylari futbolchilarga yoshligidanoq o'z tanalarini chiniqtirib borishni uqtiradilar. CHunki chiniqqan tana turli xil jaroxatlarni osonroq engib o'tadi. Buning uchun maxsus mashqlar ishlab chiqilgan bo'lib, bu mashqlar bosh murabbiy, jamoa fizioterapevti va jismoniy tayyorgarlik uchun masul bo'lgan murabbiylar nazorati ostida o'tkaziladi. Yana akademiya tarbiyalanuvchilari qo'liga profilaktika, to'g'ri ovqatlanish, jarohatlangan payti qayta tiklanish jarayonida etibor qaratish lozim bo'lgan turli jihatlar haqida qisqacha yo'riqnomalar berib boriladi.
U9 - U15 yosh toifasida psixologiya, pedagogika va jarohatlanishning oldini olish borasida asosan nazariy, qisman amaliy seminar va mashg'ulotlar olib boriladi. U17 - U19 jamoasi futbolchilariga esa yoshini inobatga olgan holda jamoa murabbiylari hamda psixologlari tomonidan yuklamalar miqdori orttirib boriladi. Bu yosh toifasidagi har bir o'yinchi uchun maxsus fitnes tayyorgarlik kursi ishlab chiqilib, dastlab jamoaning umumiy mashg'ulotlari chog'ida boshlanuvchi ushbu kurs keyinroq futbolchiga intensiv shug'ullanish uchun uyga vazifa tarzida beriladi. Bu bilan o'yinchining jismoniy kamoloti sari katta qadam tashlanadi. Qolaversa, yosh futbolchining javobgarlik va masuliyatni to'laqonli sezish hissi rivojlantiriladi.
Borussiya ning o'rinbosarlar jamoasi (U23) bo'lsa asosiy jamoaga o'tish uchun ko'prik vazifasini o'tab beradi. Bu bosqichdan o'tish nafaqat jismoniy, balki har tomonlama yukasak tayyorgarlikka ega bo'lgan bo'lajak futbol yulduzlarigagina nasib etadi.
bvb.de saytidan Zoxirjon Akramxonov tarjimasi

Fikrlar