"Borussiya D" ustozi Angliya klublaridan birini boshqarishi mumkin
22 may 2021 22:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638820_original.jpg)
![](/upload/storage/638820_220.jpg)
"Borussiya D" ustozi Angliya klublaridan birini boshqarishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Edin Terzich ingliz klubida ish boshlashi mumkin.
Manbaga ko'ra, "Tottenxem", "Kristal Pelas" va "Nyukasl Yunayted" 38 yoshli germaniyalik mutaxassisga davogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Terzich Lyusen Favr ishdan bo'shatilgandan so'ng "Borussiya"ga ustozlik qila boshladi. Jamoa uning boshchiligida Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi va Bundesligada uchinchi o'rinni egalladi. Dotmundliklar keyingi mavsumda CHempionlar Ligasida o'ynashadi.
Alohida aytish kerakki,, Terzich allaqachon APLda murabbiylik tajribasiga ega – 2015 yildan 2017 yilgacha u "Vest Xem"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyalik shuningdek, Turkiyaning "Beshiktosh"ida ham yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan (2013-2015).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar