"Bornmut" MYUdan 56 million evro so'ramoqda
21 iyu 2019 00:32
Yangiliklar


"Bornmut" MYUdan 56 million evro so'ramoqda
"Manchester Yunayted" "Bornmut" yarim himoyachisi Devid Bruksga bo'lgan qiziqishni yo'qotganicha yo'q.
"The Sun" xabariga ko'ra, mankunanliklar uni yozgi transferlar oynasidayoq o'z tarkibiga jalb qilmoqchi. Uning transferini MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning o'zi istamoqda. "Olchalar" esa o'z xavbekini 56 million evroga baholamoqda.
21 yoshli Bruks o'tgan yili yozda "SHeffild" jamoasidan 11 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Yakunlangan mavsumda u jamoasi tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar