"Bornmut" murabbiyi: "Ofsayd tufayli Bentekening goli bekor qilinishi lozim"
18 avg 2015 11:10
Yangiliklar
"Bornmut" murabbiyi: "Ofsayd tufayli Bentekening goli bekor qilinishi lozim"
"Bornmut" bosh murabbiyi Eddi Xau "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng uchrashuvida kiritilgan yagona golda ofsayd bo'lganini takidladi.
"Juda xafamiz. Ikki marotaba bizga qarshi muhim qaror qabul qilindi. Birinchisi - Tommining goli. Burchak to'pladigan so'ng har doim ushnday vaziyatda qoidabuzarlik aniqlansa, demak barcha burchak zarbalari jarima bilan yakunlanishi lozim.
Yangi ofsayd qoidasiga keladigan bo'lsak, hozircha u amalda juda kam ishlayapti. Ammo ushbu qonunlarga ko'ra yuz foizlik ofsayd bor edi. Darvozabonimizni uning oldidagi o'yinchi chalg'itib qo'ydi. SHunga qaramay, bugun bizda mag'lub bo'lmaslik imkoniyati bor edi va umuman olgandan munosib o'yin namoyish etdik. SHunday o'ynashda davom etsak gol va natijalar asta-sekin paydo bo'ladi" - deydi Xau.
Fikrlar