"Bornmut" AQSHning yana bir konsorciumiga sotilishi mumkin
16 sen 2022 10:55
Yangiliklar
"Bornmut" AQSHning yana bir konsorciumiga sotilishi mumkin
Bu Angliya Premer-ligasining AQSH akciyadorlari qo'lida bo'lgan klublari soni 11 taga etishini bildiradi.
Qo'shma SHtatlarning Las-Vegas konsorciumi klubni sotib olish uchun qiymati 150 mln funtni tashkil etadigan taklif tayyorlayotgani malum bo'ldi. Jamoaning amaldagi egasi Maksim Demin ushbu taklifni ko'rib chiqmoqda.
Kelib chiqishi rossiyalik bo'lib, Britaniya fuqaroligiga ega bo'lgan Demin avvalroq ham klubning malum qismini sotish haqida o'ylagan va endi ushbu fikr qayta jonlandi. U klubni 2011 yilda sotib olganidan so'ng kiritgan sarmoyasi sababli "Bornmut" 2015 yilda Premer-ligaga ko'tarildi. Biznesmen avvalroq klubning 25% akciyasini sotib, yana qaytarib sotib olgandi.
Fikrlar