So’nggi yangiliklar

01:25Агарда "Барселона" Ольмони рўйхатдан ўтказса, ЛаЛига клублари исён кўтармоқчи  0 00:50Рэшфорд Осиё томон йўл олишни истамади, унинг мақсади бошқа  0 00:19"Реал" сайлов ўтказишга тайёрланмоқда  0 23:50Канисарес: "Лапорта ишончни йўқотди"  2 23:33"Брайтон" футболчиси Файзуллаев билан жамоадош бўлиши мумкин  0 23:13Италия Суперкубоги. "Интер" - "Аталанта" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 22:55Ольмо умид қилишда давом этади  3 22:26Тибо Куртуа: "Бизни кўп пул ишлаб топаётганимиз баҳона бўлмаслиги керак"  13 21:58Эрон. "Истиқлол" кетма-кет тўртинчи марта дуранг ўйнади  1 21:26Френки де Йонг "Барселона"га келишдан олдин кўпроғини истаганини айтди  4 20:59"Арсенал" собиқ футболчиси Мартинеллини танқид қилди  2 20:28Консейсау: "Бундай катта клубда натижа доим биринчи ўринда"  2 20:01Карло Анчелотти: "Биз билан Ла Лига чемпионлиги учун курашда Барселона" ҳам, "Атлетико" ҳам бир хил имкониятга эга"  0 19:44"Арсенал" Влаховични қишки трансфер ойнасидаёқ сотиб олмоқчи  1 19:29"Барселона"да ишлашни истайсизми? Клуб ошпаз изламоқда  7

Boris Beloshapka: "Andijon" shahri ancha chiroy ochibdi" Yangiliklar

Boris Beloshapka: "Andijon" shahri ancha chiroy ochibdi"

Ukrainalik Boris Beloshapka jamoamizda darvozabonlar murabbiyi bo'lib ish boshlaganini xabar qilgandik.
Bundan 11 yil avval Beloshapka “Andijon”da faoliyat olib borganini ishqibozlar yaxshi eslashsa kerak. 2003 yilgi mavsumda u “Andijon” darvozasini qo'riqlagandi. Beloshapka yurtimizda so'nggi bor 2004 yili “Qizilqum”da o'ynagan. Oradan yillar o'tib Beloshapka ham O'zbekistonga qaytdi. Ammo bu safar u murabbiy sifatida qaytdi. Klub qarorgohiga kelganidan so'ng klub sayti hamda gazeta uchun Beloshapkadan qisqacha intervyu oldik.

-Boris Ivanovich, yillar o'tib taqdir sizni yana Andijonga qaytardi. Taassurotlar qanday?
 - Qaerga kelib qolganimni boshida bilmay qoldim. Andijon shahri butunlay o'zgarib ketibdi. Yangi qo'rilgan binolarni ko'rdim, ko'chalar o'zgargan. Umaman olganda Andijon juda chiroyli shaharga aylanibdi. Bu erga oxirgi marta kelganimga ham ko'p yillar bo'ldi. Mana yana “Andijon”ga qaytdim. Sergey Yakovlevich birga ishlashga taklif qildi. O'zbekistondagi faoliyatimni yaxshi xotiralar bilan yodga olaman.

 -Futbolchilik faoliyatingizda ham SHevchenko bilan doim birga bo'lgansiz...
 - Ammo “Andijon”da o'ynaganimda Sergey Yakovlevich bu jamoani boshqarmagandi. 2003 yilda men “Andijon”da u esa boshqa klubda bo'lgan. Faqat 2004 yili “Qizilqum”da birga ishlaganmiz. SHevchenko bilan yana birga ishlashimdan mamnunman.

- Yurtimizdan ketganingizdan keyin faoliyatingiz qanday kechdi?
 - 2004 yil so'nggi bor “Qizilqum”da o'ynadim. SHundan so'ng Ukrainaga qaytib futbolchilik faoliyatimni yakunlab murabbiylikka o'tdim. Darvozabonlar murabbiyi sifatida dastlab “Krivbass” klubida ishladim. Keyin besh yil Doneckning “SHaxtyor” yoshlar jamoasida faoliyat olib bordim. Undan keyin “Ilichevec” klubida darvozabonlar murabbiyi bo'ldim. Jamoada rahbariyat almashgach meni yoshlar jamoasiga o'tkazishdi.

- O'zbekiston chempionatini kuzatib borarmidingiz?
 - Albatta, internet orqali sobiq jamoalarim “Andijon” va “Qizilqum”ni qanday natijalarga erishayotganini kuzatardim. Bundan tashqari sobiq jamoadoshlarimning o'yinlari ham meni qiziqtirardi. CHunki O'zbekistonda do'stlarim ko'p. Masalan, Aleksey Nikolaev bilan Turkiyada ko'rishganman. U “Paxtakor”da esa men ishlayotgan “Ilichevec”ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilgandi. Bundan tashqari Rinat Bayramov bilan ham ilgari Turkiyadagi yig'inlarda ko'rishib turardik. Eshitishimcha, “Qizilqum”da birga o'ynagan Spartak Murtazoev hozir murabbiylik qilmoqda. Bilaman, ayni paytda “Andijon” qiyin vaziyatga tushib qolgan. Nahotki, bir davra mobaynida 4 ochko jamg'arish mumkin? Qanday qilib bunday bo'lganiga hayronman. “Andijon” birinchi davrada umuman o'ynamagani ko'rinib turibdi. Jamoa men uchun begona bo'lmagani uchun yordam berish maqsadida keldim. Buning uchun qo'ldan kelgancha harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика