Bora Milutinovich O'zbekiston kubogi finalini stadiondan tomosha qilmoqda
12 noy 2014 17:58
Yangiliklar


Bora Milutinovich O'zbekiston kubogi finalini stadiondan tomosha qilmoqda
Olmaliq shahrida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublari o'rtasidagi final uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Avvalroq xabar berganimizdek, serbiyalik murabbiy Bora Milutinovich bahsni stadiondan turib kuzatib bormoqda.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, Milutinovich O'FF bilan ikki oylik shartnoma tuzadi. Dekabr va yanvar oylarida murabbiy O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida ish olib boradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyi boshida Avstraliyada Osiyo Kubogi-2015da ishtirok etadi.

Fikrlar