Bonuchchi Ronalduning PSJga o'tishi haqida nimalar dedi?
10 avg 2021 22:05
Yangiliklar
Bonuchchi Ronalduning PSJga o'tishi haqida nimalar dedi?
Turinning "Yuventus" klubi hamda Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Ronalduning PSJga ehtimoliy o'tishi haqida gapirdi.
"O'ylashimcha, Krishtianu Messi PSJga o'tmagan taqdirda ham, jamoamizda qolgan bo'lardi.
Biz uchun Ronaldu – qadrli futbolchi va ishonamanki, u maqsadimizga erishish yo'lida o'tgan mavsumdagidan ko'ra ko'proq yordam beradi.
Skudettoni uyga qaytarmoqchimiz, buni yashirishning hojati yo'q. Siz "Yuventus"da o'ynar ekansiz, maqsad shu bo'lishi kerak. Yana CHempionlar Ligasida va boshqa musobaqalarda yaxshi ishtirok etish lozim.
O'zim esa Evropa chempionatidagi kabi o'ynab, muhim rolda bo'lishni xohlayman", – dedi Bonuchchi.
Avvalroq Ronaldu PSJ o'yinchisiga aylanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar