Bonuchchi bir vaqtlar "Real"ga o'tishga yaqin kelganini aytdi
12 dek 2023 20:30
Yangiliklar
Bonuchchi bir vaqtlar "Real"ga o'tishga yaqin kelganini aytdi
"Union" himoyachisi Leonardo Bonuchchi 2017 yilda "Real"ga o'tishga yaqin kelganini aytdi.
- "Real" qanday jamoa?
- Ularni tariflash uchun biror so'z yo'q. Balki, dunyoning eng yirik klubidir. Bir vaqtlar "Real"ga o'tishga yaqin kelgandim. Bu mening orzuim bo'lgandi. Ushbu klub orqali ko'plab insonlar chempion bo'lgan. Undan tashqari, ayni damda buyuk maestro Anchelotti jamoa bosh murabbiyi.
- Qachon "Real"ga o'tishga yaqin kelgansiz?
- O'shanda transferning amalga oshishi juda yaqin bo'lgandi. Bu 2017 yilning yozida "Real" Kardiffdagi finalda g'olib bo'lganidan keyin sodir bo'lgandi. Agentim va "Real" vakillari ishtirokidagi muzokaralar faol ketayotgandi. Biroq transfer amalga oshmay qoldi, chunki ular yoshroq himoyachi izlashni boshlashgandi, - dedi Bonuchchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar