Bonera: "Milan" to'g'ri yo'lda. Biroq chempionlik borasida gapirish noo'rin"
23 noy 2020 13:08
Yangiliklar
Bonera: "Milan" to'g'ri yo'lda. Biroq chempionlik borasida gapirish noo'rin"
"Milan" murabbiyi Daniele Bonera A Seriyaning 8-turi doirasida "Napoli" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
"Juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Biroq 8-turdan keyin chempionlik haqida gapirish juda erta.
Tarkibimiz juda yaxshi futbolchilardan yig'ilgan. Ayni damda turnir jadvalida yuqori o'rindamiz va iloji boricha, bu pog'onani ushlab turishga harakat qilamiz.
Ushbu mavsumda oldimizga chempion bo'lish maqsadi qo'yilgan. Klub rahbariyati buning uchun juda katta ishlarni olib bordi. Ammo shuni hisobga olish kerakki, jamoa birdaniga g'alaba qozonib ketavermaydi. Bunga qadam va qadam erishiladi. Bu esa bizning yutuqli tomonimiz hisoblanadi.
Zlatanning jarohati? Aniq malumotni bilish uchun, bir necha kun kutish kerak. Hozirda uning jarohati mushaklar bilan bog'liq bo'lsa kerak", - dedi murabbiy.
Fikrlar